Institut tarixi
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O'zInjiniring» Respublika loyiha Instituti o’z tarixini 2006 yildan boshlagan, ya’ni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.06.2006 yildagi № PQ-377 sonli Moliya vazirligi huzurida mamlakatda ilmiy-texnik va loyiha ta’minoti muvofiqlashtirishni yanada kuchaytirish uchun tuzilmaviy o’zgarishlar, qurilish, qayta ta’mirlash va sanoatning asosiy tarmoqlaridagi korxonalarni modernizasiya qilishda yuqori darajada va sifatli qo’llab-quvvatlash, respublika iqtisodi turgun rivojlanishi uchun elektroenergetika, neftni qayta ishlash, kimyo va ogir sanoatni sohalarida loyihalash O’zbek davlat loyiha instituti – «Uztyajneftegazximproekt» Instituti tashkil qilingan.
Loyiha ishlarini tashkillashtirish va o’tkazish jarayonida ilgor uslublarni qo’llash, ishlab chiqilayotgan investisiyavit loyihalar sifatini yanada yuqoriga ko’tarish, yetakchi chet el tajribaga tayangan holda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.03.2017 yilgi № PQ-2831 sonli qaroriga muvofiq «Uztyajneftegazximproekt» Davlat instituti O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika loyiha institutiga aylantirildi.
Institut zimmasiga iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida investisiya loyihalari bo’yicha shartnomalar asosida buyurtmachilar bilan tuzilgan loyihaoldi va loyiha hujjatlarda bosh pudratchi funksiyalari yuklatilgan.
Institutning asosiy vazifalari, uning tuzilishi, Loyiha bosh muhandisi byurosining namunaviy tuzilishi va ilmiy-texnika kengashi a’zolarining tarkibi ko‘rsatilgan, moliyalash manba’lari belgilab berilgan, shuningdek, Institut faolitini tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan chora-tadbirlar majmuasi amalga oshirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25 apreldagi F-4917-sonli farmoyishi bilan qo‘yilgan talablar va yuklangan vazifalar inobatga olingan Institut to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlangan. Institut zarur bilimlar va amaliy, shu jumladan, TIA/TIH larni tayyorlash va ishlab chiqish masalalarida ish tajribasiga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.02.2018 y. «Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida loyiha ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3557-sonli qarori bilan «O‘zInjiniring» RLI ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari va loyiha tashkilotlari o‘rtasida yuqori malakali loyihalovchi-muhandislarni tayyorlash masalalari bo‘yicha hamkorlik qiluvchi organ sifatida belgilangan.