Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O'zInjiniring” Respublika loyiha Instituti o’z tarixini 2006 yildan boshlagan, ya’ni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.06.2006 yildagi № PQ-377 sonli Moliya vazirligi huzurida mamlakatda ilmiy-texnik va loyiha ta’minoti muvofiqlashtirishni yanada kuchaytirish uchun tuzilmaviy o’zgarishlar, qurilish, qayta ta’mirlash va sanoatning asosiy tarmoqlaridagi korxonalarni modernizasiya qilishda yuqori darajada va sifatli qo’llab-quvvatlash, respublika iqtisodi turgun rivojlanishi uchun elektroenergetika, neftni qayta ishlash, kimyo va ogir sanoatni sohalarida loyihalash O’zbek davlat loyiha instituti – “Uztyajneftegazximproekt” Instituti tashkil qilingan.

Loyiha ishlarini tashkillashtirish va o’tkazish jarayonida ilgor uslublarni qo’llash, ishlab chiqilayotgan investisiyavit loyihalar sifatini yanada yuqoriga ko’tarish, yetakchi chet el tajribaga tayangan holda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.03.2017 yilgi № PQ-2831 sonli qaroriga muvofiq “Uztyajneftegazximproekt” Davlat instituti O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika loyiha institutiga aylantirildi.

Institut zimmasiga iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida investisiya loyihalari bo’yicha shartnomalar asosida buyurtmachilar bilan tuzilgan loyihaoldi va loyiha hujjatlarda bosh pudratchi funksiyalari yuklatilgan.

Institutning asosiy vazifa va faoliyat yo’nalishlariga quyidagilar kiradi:

  • loyihaoldi hujjatlarni, jumladan DTIA-DTIH va TIA/TIH ishlab chiqish, chet el loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan texnik tartibga soluvchi doirada hamda O’zbekiston Respublikasi standartlari me’yoriy hujjatlariga moslashtirigan holda loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish;   
  • iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida loyiha tender savdolari tashabbuskorlari bilan loyihalarni texnik qo’llash, o’tkazish (loyihalash qismiga doir), O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 7 iyundagi 110-sonli tasdiqlangan farmoyishi bo’yicha investision loyiha hujjatlari tasdigini o’tkazish bo’yicha ishlab chiqish tartibi to’grisidagi Nizomga binoan;   
  • iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida tuzilmaviy o’zgarishlar konsepsiyalarini ko’rib chiqish va ma’qullash, sohaviy muassasalar tomonidan ishlab chiqilgan geologiya, yoqilgi-energetik kompleksi, kimyo, neftkimyo, va metallurgiya sanoati ob’yektlarini modernizasiya va texnik qayta ta’mirlash;
  • O’zbekiston Respublikasi Investisiya dasturiga kiritilgan iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida korxonalar qurilishi va modernizasiya qilish investisiyaviy loyihalarni korib chiqishda ishtirok etish;
  • O’zbekiston Respublikasi loyihalash jarayoniga ilgor chet el tajribaga asoslanib, chet el loyiha va injiniring tashkilotlarni jalb qilgan holda loyiha ishlarini tashkillashtirishda yetakchi usullarni joriy qilish;
  • investision loyihalarni loyihaviy (ishchi) hujjatlarini mustaqil ishlab chiqish yo’nalishini rivojlantirish, shunindek iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlaridagi loyihalar bo’yicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda bosh pudratchi vazifasini o’z zimmasiga olish;
  • investisiyaviy loyihalar texnik-iqtisodiy asosini aniq ishlab chiqishda tanlov (tender) asosida mahalliy va horijiy ixtisoslashtirilgan loyiha institutlat, shungdek ular faoliyatini muvofiqlashtirish uchun oudratchi sifatida jalb etish;
  • ishlab chiqarish va ishlab chiqaruvchi mahsulot sifati zamonaviy talablarga javob beruvchi jahon bozoridagi texnologiya va uskunalarni chuqur tahlil qilgan holda hamda energiya va resurslarni tejash, shuningdek respublikaga istiqbolsiz, ekologik standartlarga javob bermaydigan jismonan eski bo’lgan uskuva va texnologiyalarni olib kirishga yo’l qo’ymaslik;
  • loyihalashtirish jarayonida yuqoritexnologik, energiyatejovchi uskuna va texnologiyalarni tanlab olish;
  • iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari bo’yicha loyihaoldi hujjatlarni Institut ilmiy-texnik kengashida ko’rib chiqish;
  • iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida loyiha, loyihaoldi va ishchi hujjatlarni ishlab chiqish, ekspertiza qilish va tasdiqlashda imliy-texnik va ekspert kengashlari bilan yaqin o’zaro hamkorlik qilish;
  • chet elda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy uskuna va texnologiyalar, ularning texnik va ishlab-chiqaruvchi-iqtisodiy xarakteristikalari, samaradorlik darajasi hamda amaliy aprobasiyasi, shuningdek yuqori chet el texnologik uskunalarni ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilar, texnologiya lisenziarlari, ularning faoliyatiga qarab axborot-tahlil ma’lumotlat bazasini shakllantirish va doimiy yangilab borish; 
  • horijiy investor va kompaniyalar tomonidan ishlab chiqaruvchi korxonalar qurilsh, qayta ta’mirlash va modernizasiya qilish  bo’yicha ma’lumotni to’plash va umumlashtirish va jahon hamda ichki bozorda raqobatdosh bo’lgan tayyor mahsulotlar va mahalliy hom-ashyoni qayta ishlash orqali sanoat yarim fabrikatlarni ishlab chiqarishga mo’ljallangan takliflarni amalga oshirishda ishtirok etish;
  • uskunalar narxi uchun tavsiyalarni ishlab chiqish, shuningdek taklif etilgan texnologiyalarga muvofiq loyihalarni ‘turn key’ asosida topshirish;
  • iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida vazirlik, muassasa, ho’jalik boshqaruv organlari buyurtmasiga asosan investisiyaviy loyihalarni mustaqil texnik-iqtisodit ekspertizasini o’tkazish;

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech