Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
“O‘zInjiniring” Respublika loyiha institutida sifat yo‘nalishi bo‘yicha

«O‘zInjiniring» Respublika loyiha instituti tarmoqlarda xorijiy va mahalliy investitsiya loyihalarini amalga oshiruvchi EPC pudratchilar uchun loyiha oldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqadi / moslashtiradi.

«O‘zInjiniring» Respublika loyiha institutining asosiy vazifasi O‘zbekistonda investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda xorijiy injiniring kompaniyalari xizmatlarini bosqichma-bosqich almashtirgan holda loyihalash ishlarini mahalliylashtirish darajasini oshirishdan iborat.

Institutga o`z faoliyatida quyidagi vazifalarni belgilab olgan:

  • loyiha oldi / loyiha (ishchi) hujjatlarni ishlab chiqish / moslashtirish jarayonlarini maksimal darajada mahalliylashtirish orqali respublikada Injiniring sohasini rivojlantirish;
  • loyihalash jarayonlariga xorijiy Injiniring tashkilotlarini jalb etishni hisobga olgan holda ilg‘or xorijiy tajriba asosida loyihalash ishlarini tashkil etishning ilg‘or usullarini joriy etish, loyihalash sohasida xodimlar tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ko‘maklashish;
  • qo'shma loyihalarni ishlab chiqish jarayonida mahalliy loyiha muhandislarini zamonaviy loyihalash usullari va standartlariga o'rgatish maqsadida «on-the-job-training» tizimini (xorijiy EPC pudratchilari bilan birgalikda) joriy etish va boshqalar

Institutning asosiy strategiyasi - buyurtmachilarga yo‘naltirilganlik, uning ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va xalqaro standartlarga javob berish uchun bajarilgan ishlardan iborat.

Institut xodimlari belgilangan maqsadlarga erishish uchun zamonaviy ilg‘or texnologiyalar bilan bir qatorda muhandislik-loyiha xizmatlarining yangi yo‘nalishlarini ham o‘zlashtirmoqda. Institut xodimlari o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishda zamonaviy yondashuvlardan foydalanadigan yuqori malakali mutaxassislardan tashkil topgan.

Institut faoliyatini yanada rivojlantirish va qonun talablari bajarilishini ta’minlash maqsadida “O‘zInjiniring” RLI rahbariyati Sifat menejmenti tizimini joriy etish, sertifikatlashtirish va doimiy ravishda takomillashtirish bo‘yicha majburiyatlarni va ISO 9001: 2015 standarti vositasi sifatida.mijozlarining buyurtmalarini sifatli va o'z vaqtida bajarishga hissa qo'shishni o‘z zimmasiga oldi.

O‘z zimmasiga olgan majburiyatni bajarish uchun institut rahbariyati quyidagi talablarga amal qiladi:

  • Sifat menejmenti tizimini doimiy ravishda takomillashtirish;
  • faoliyatning barcha sohalarida qonunchilik va normativ hujjatlar talablariga rioya qilish;
  • muhandislik va loyihalash ishlarini buyurtmachilar talablariga javob beradigan yuqori sifat darajasida bajarish;
  • xodimlarning kasbiy darajasi va amaliy ko'nikmalarini doimiy ravishda oshirish;
  • xodimlarning ijtimoiy ta’minotini ta’minlash va har bir xodimning institut faoliyatiga maksimal darajada hissa qo‘shishi uchun qulay sharoit yaratish
Institut rahbariyati belgilangan majburiyatlarni bajarish uchun har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni kafolatlaydi.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech