Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

URAZAEV TIMUR RUSTAMOVICH

Direktor vazifasini bajaruvchi
Telefon:
+998 (78) 113-02-80 (qo'shimcha 204)
Elektron pochta: info@uzeng.uz

Institut faoliyatiga rahbarlik qilish

1975 yil 24 martda tug'ilgan

1992-1997 yy. - Toshkent davlat sharqshunoslik institutining talabasi

1997-1997 yy. - "Osiyo-Evropa trast kompaniyasi" sho'ba korxonasi eksperti

1975-yil 24-mart kuni tugʻilgan, 1997-yilda Toshkent Davlat sharqshunoslik institutini tamomlagan.

T.R.Urazayev oʻz mehnat faoliyatini 1997-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Iqtisodiyot institutida boshladi.

2002-2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligida turli lavozimlarda ishladi.

Soʻng oʻz faoliyatini 2017-yilning mart oyiga qadar injiniring va investitsiya kompaniyalarida rahbar lavozimlarda davom ettirdi.

2017-yilning mart oyidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “OʻzInjiniring" Respublika loyiha instituti direktori vazifasini bajaruvchi boʻlib ishlab kelmoqda.

Iqtisod fanlari nomzodi.



Du
Se
Cho
Pa
Ju
16:00 - 18:00
Sha
Ya

SHAYMARDANOV SHAMIL SULEYMANOVICH

Direktor birinchi oʻrinbosari
Telefon:
+998(78) 113-02-80 (qo'shimcha 304)
Elektron pochta: info@uzeng.uz

Institutning ishlab chiqarish boʻlinmalari ustidan, shuningdek, muhandis kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshirish ishlari ustidan umumiy rahbarlikni amalga oshirish.

1949-yil 4-noyabr kuni tugʻilgan, 1976-yilda Toshkent Davlat politexnika institutini tamomlagan.

Sh.S.Shaymardanov oʻz faoliyatini 1974-yilda Navoiy kimyo zavodining ammiak sexi apparatchisi sifatida boshladi.

1981-yildan boshlab Samarqand kimyo zavodida, Olmaliq "Ammofos" ishlab chiqarish birlashmasida rahbar lavozimlarida ishladi, 2004-2005-yillarda Qoʻngʻirot soda zavodida direktorlik lavozimida ishladi.

2005-yildan 2010-yilgacha “Oʻzkimyosanoat” Davlat-aktsiyadorlik kompaniyasining Investitsiya loyihalari va mahalliylashtirish boshqarmasiga rahbarlik qildi.

2010-yilda oʻz ish faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi “Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” Davlat institutida konsultant lavozimida davom ettirdi.

2017-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "OʻzInjiniring" Respublika loyiha instituti direktorining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.



Du
Se
Cho
Pa
16:00 - 18:00
Ju
Sha
Ya

RASHIDOV BOBIR XOTAMOVICH

Direktor oʻrinbosari
Telefon:
+998 (78) 113-02-80 (qo'shimcha 304)
Elektron pochta: info@uzeng.uz

Institut boʻlinmalarining quyidagi yoʻnalishlardagi ishlarini muvofiqlashtiradi:

  • - loyihaoldi hujjatlarining marketing tadqiqotlarini va loyihaning moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini baholash ishlarini aks ettiruvchi qismlarini ishlab chiqish;
  • investitsiya loyihalarini loyihaoldi hujjatlarining iqtisodiy tahlilini oʻtkazish;
  • Institutning asosiy faoliyat yoʻnalishlari bilan bogʻliq turli axborot-tahliliy ishlarni amalga oshirish;
  • Institutda sifat menejmenti tizimini (SMS) takomillashtirish;
  • direktiv, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari va boshqa hujjatlarni o‘z vaqtida bajarish qismi bo‘yicha ijro intizomini nazorat qilish guruhi ishini tashkil etish.


1976 yil 23 sentyabrda Toshkent shahrida tugʻilgan, Toshkent moliya institutini tamomlagan.

Rashidov B.X. mehnat faoliyatini 1999 yilda Toshkent viloyati moliya boshqarmasida iqtisodchi sifatida boshlagan. 2001 yildan Oʻzbekiston Respublikasi monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasida turli lavozimlarda, jumladan, rahbar lavozimlarda ishlagan.

2013 yildan Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirligi huzuridagi "Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha" davlat institutida mehnat faoliyatini davom ettirdi.

2022-yil aprel oyidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "OʻzInjiniring" respublika loyiha instituti direktori oʻrinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.



Du
16:00 - 18:00
Se
16:00 - 18:00
Cho
Pa
Ju
Sha
Ya

SOLIXO’JAYEV ZAFARXO’JA ZOKIRXO’JAYEVICH

Direktor oʻrinbosari
Telefon:
+998 (78) 113-02-80 (qo'shimcha 204)
Elektron pochta: info@uzeng.uz

Institut boʻlinmalarining quyidagi yoʻnalishlardagi ishlarini muvofiqlashtiradi:
  • - Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining bazaviy tarmoqlarini tubdan oʻzgartirish konsepsiyalarini koʻrib chiqish va ularni rivojlantrish istiqbollarini hisobga olgan holda muvofiqlashtirish;
  • - loyihalashda ilgʻor texnologiyalarning jahon bozorini chuqur tahlil qilish, yuqori texnologik, energiya tejamkor uskunalarni tanlab olish;
  • - xorijda ishlab chiqariladigan zamonaviy energiya tejamkor asbob-uskunalar va texnologiyalar, shuningdek, asosiy xorijiy asbob-uskuna ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilar, texnologiyalar ishlab chiquvchilari va litsenziarlari boʻyicha axborot-tahliliy ma’lumotlar bazasini yigʻish, shakllantirish va doimiy ravishda yangilab borish;
  • - tender (tanlov) savdolarini tayyorlash va oʻtkazish hamda tender hujjatlarini ishlab chiqish.


1973-yil 25-oktyabrda tug‘ilgan.

1995-yilda Toshkent arxitektura va qurilish institutini bitirgan.

1996-yildan 1998-yilgacha Respublikaning ishlab chiqarish va tijorat tashkilotlarida turli lavozimlarda ishlagan.

1998-yildan 2005-yilgacha o‘z mehnat faoliyatini Toshkent shahar hokimligi, “Asaka” DATB, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligida mas’ul va rahbar lavozimlarda davom ettirgan, 2005-yildan 2017-yilgacha Respublikaning injiniring kompaniyalarida ishlagan.

2017-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "O‘zInjiniring" Respublika loyiha institutida direktor o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.



Du
Se
Cho
16:00 - 18:00
Pa
Ju
Sha
Ya

NASRETDINOVA MARXAMAT MUHAMEDJANOVNA

Bosh muhandis
Telefon:
+998 (78) 113-02-80 (qo'shimcha 304)
Elektron pochta: info@uzeng.uz

Institutning ishlab chiqarish boʻlinmalari ustidan tezkor rahbarlikni amalga oshiradi.

1955-yil 4-avgustda tugʻilgan, 1977-yilda Toshkent politexnika institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1977-yilda “Uzgiptyajprom” Davlat loyiha institutida muhandis lavozimida boshlagan.

2001-yildan 2006-yilgacha "O‘zog‘irsanoatloyiha" va "OʻzLITIneftgaz" loyiha institutlarida turli rahbar lavozimlarida mehnat faoliyatini davom ettirgan.

2007-yildan 2013-yilgacha Dehqonobod kaliy oʻgʻitlari zavodi qurilish direksiyasida turli rahbar lavozimlarida ishlagan.

2013-yildan 2017-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi "Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha" Davlat institutining ishlab chiqarish boʻlinmalari ustidan texnik rahbarlikni amalga oshirgan.

2017-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "O‘zInjiniring" Respublika loyiha institutining bosh muhandisi lavozimida ishlab kelmoqda.



Du
16:00 - 18:00
Se
Cho
Pa
Ju
Sha
Ya
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech