Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
14 noyabr 2023 y.    07:44

“O‘zInjiniring” RLIda yetakchi muhandis (elektr tarmoqlar va tizimlar yo‘nalishi bo‘yicha muhandis-energetik) lavozimiga tanlov eʼlon qilindi.

Funksional vazifalari:

  • loyiha bosh muhandisi (LBM) byurosining loyihaoldi, loyiha va boshqa ishlariga rahbarlik qilish;
  • loyihalash ishiga jalb qilingan xorijiy loyiha va injiniring tashkilotlarining loyiha ishlarini tashkil qilish bo‘yicha tajribalariga asoslangan progressiv usullarini LBM byurosidagi loyihalash jarayonlariga tadbiq etish;
  • zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari, fan va texnika yutuqlari to‘g‘risidagi axborotlarni to‘plash, tartibga keltirish va ulardan foydalanish;
  • elektr energetika sohasidagi ilg‘or texnologiyalar ishlab chiquvchilari va litsenziarlarining, yuqori texnologik uskunalarni ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi xorijiy kompaniyalarning jahon bozorini chuqur tahlil qilish;
  • loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun dastlabki maʼlumotlar va texnik topshiriqlarni so‘rab olish, umumlashtirish va tayyorlash;
  • loyihaoldi va loyiha hujjatlarining alohida bo‘limlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
  • loyihaviy yechimlarni loyihaning barcha bo‘limlari (qismlari) bilan bog‘lash va muvofiqlashtirish;
  • ishlab chiqilayotgan hujjatlarning standartlar, texnik shartlar hamda loyihalash va qurish bo‘yicha boshqa normativ hujjatlarga, shuningdek, ishlab chiqish uchun berilgan texnik topshiriqqa muvofiqligini tekshirish;
  • buyurtmachi va vakolatli ekspertiza organlarining ishlab chiqilgan loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ko‘rib chiqishlari va kelishishlarida ishtirok etish, tanqidiy mulohazalar yuzasidan hujjatlarga o‘zgartishlar kiritish;
  • loyihaoldi va loyiha hujjatlarini moslashtirish ishlarida ishtirok etish;
  • tender hujjatlarining texnik qismini ishlab chiqish ishlarida ishtirok etish;
  • loyihaning amalga oshirilishini texnik jihatdan kuzatib borish ishlarida ishtirok etish;
  • ishlab chiqilayotgan loyihalar bo‘yicha loyihaviy yechimlarning texnik saviyasini ko‘tarish yuzasidan takliflar tayyorlash;
  • buyurtmachilar, subpudratchilar va boshqa tashkilotlarga yuborilajak xatlar loyihalarini tayyorlash;
  • ishlab chiqilayotgan hujjatlarning loyihalash va qurish bo‘yicha standartlar, texnik shartlar va boshqa normativ hujjatlarga, shuningdek, ishlab chiqish uchun berilgan texnik topshiriqqa muvofiqligini taʼminlash

Kompyuterda ishlash:

  • kompyuterda va tashkiliy texnikalarda ishlash;
  • AUTOCAD grafika redaktorini bilish va unda ishlash;
  • tez va xatosiz matn terish;
  • MS Office paketini (matn, jadval va grafika redaktorlarini) mukammal bilish.

Rezyume jo’natish

Faylni biriktirish…
Faylning maksimal hajmi 3.00 MB
* To’ldirish majburiy bo’lgan katakchalar
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech