Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
14 noyabr 2023 y.    10:36

“O‘zInjiniring” RLIda aloqa, signalizatsiya va avtomatika bo‘yicha mutaxassis lavozimiga tanlov eʼlon qilindi.

Funksional vazifalari:

  1. Loyihalash va qayta texnik qurollantirish obyektlarini tekshirish va buyurtmachi bilan birgalikda texnik topshiriq (TT) ishlab chiqish.
  2. Sanoat korxonalari obyektlari uchun aloqa, signalizatsiya va avtomatika sohasida loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, jumladan uskuna va jihozlarni tarmoqqa ulash bo‘yicha strukturaviy, funksional va prinsipial elektr sxemalar ishlab chiqish.
  3. So‘rov varaqalarini ishlab chiqish (uskuna va jihozlarni tanlash).
  4. NO‘AvaA uskunalarining montaj chizmalarini bajarish (joylashtirish (komponovka) yechimlari).
  5. Uskuna va jihozlarni hamda tashqi simlarni joylashtirish rejalarini loyihalash.
  6. Uskuna va jihozlar, buyumlar va materiallar buyurtmalari uchun spetsifikatsiyalar tuzish.

Talabgorga qo‘yiladigan talablar:

Maʼlumoti: Oliy / NO‘AvaA ixtisosi bo‘yicha

Ish tajribasi: xuddi shunday lavozimda kamida 5 yillik tajriba

Quyidagi maxsus dasturlarni bilishi kerak:

Windows operatsion sistemasining mohir foydalanuvchisi, MS Office ofis dasturlari paketi, AutoCAD. Dasturlash malakasi olqishlanadi.

Rezyume jo’natish

Faylni biriktirish…
Faylning maksimal hajmi 3.00 MB
* To’ldirish majburiy bo’lgan katakchalar
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech