Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Ishlab chiqiladigan investitsiya loyihalar sifatini oshirish maqsadida, shuningdek, loyihalash jarayonlariga loyiha ishlarini tashkil etilishi va amalga oshirilishiga ilg‘or uslublarni joriy etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zInjiniring” Respublika loyiha instituti tarkibida ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish yo‘nalishi bo‘yicha ishlab chiquvchilar guruhi mavjud.

Institutning ekologik loyihalash va me’yorlash yo‘nalishi ishlab chiquvchilari guruhining asosiy kompetensiyalariga atrof-muhitga bo‘lgan ta’sirning barcha bosqichlari masalalarni hal qilish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish hamda ekologiya me’yorlarini aniqlash va muvofiqlashni kuzatib borish kiradi:

  • atrof-muhitga ta’sir to‘g‘risidagi ariza loyihalarini (ATTAL) ishlab chiqish;
  • atrof-muhitga ta’sir to‘g‘risidagi arizani (ATTA) ishlab chiqish;
  • ekologik oqibatlar to‘g‘risidagi arizani (EOA) ishlab chiqish;
  • atmosferaga chiqarishning ifloslantiruvchi moddalar tashlanmalari yo‘l qo ‘yiladigan ekologik normativlarini aniqlash (Manba’lar xatlovi va TChM ekologik normativlar loyihasi);
  • yer usti suv havzalariga yoki joy rel’eflariga oqova suvlar tarkibida ifloslantiruvchi moddalarni chiqarishning yo‘l qo‘yiladigan ekologik normativlarini aniqlash (Manba’lar xatlovi va OChM ekologik normativlar loyihasi);
  • ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilarining hosil bo‘lishi va ularni joylashtirishning yo‘l qo‘yiladigan ekologik normativlarini aniqlash (Manba’lar xatlovi va ChChM ekologik normativlar loyihasi).

Ishlab chiqiladigan loyihalar doirasida atrofdagi tabiat muhitining saqlanishi va mo‘ljallanayotgan loyihalar yoki mavjud bo‘lgan korxonalarning ekologik ta’sirini yumshatish bo‘yicha chora-tadbirlar taklif qilinadi.

Ekologik loyihalash va me’yorlash yo‘nalishida faoliyat olib boruvchi ishlab chiquvchilar guruhi atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatish xavf toifasi I, II, III, IV (ta’sir xavfi yuqori, o‘rtacha va past darajada) bo‘lgan ob’yektlar bo‘yicha ishlarni bajaradi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech