Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Investitsiya loyihalarining mustaqil ekspertizasi texnik-iqtisodiy ma’lumotlarni va loyiha koʻrsatkichlarini kompleks baholashni oʻz ichiga oladi hamda loyihani amalga oshirish imkoniyatlarini, uning maqsadga muvofiqligi va iqtisodiy samaradorligini aniqlab beradi.

Ekspertiza loyihadagi zaif joylar va nomuvofiqliklarni aniqlab beradi, buyurtmachining (investorning) e’tiborini yechilishi shart boʻlgan masalalarga qaratadi, loyihani amalga oshirishdagi xatarlarni kamaytirish va loyihaning samaradorligini oshirish uchun zarur tuzatuv choralarini tavsiya etadi.

Loyihalarni ekspertiza qilish sohasida tajribaga ega mutaxassis va ekspertlarimiz loyihani amalga oshirish uchun zarur moliyaviy-iqtisodiy modellar va ssenariylarni tuzib beradilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech