Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
8 Noyabr 2019 | Manba: «O‘zInjiniring» RLI 265

Memorandum imzolanishi – hamkorlikning yangi bosqichi

«O‘zInjiniring» Respublika loyiha instituti tomomidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 fevraldagi PQ-3557-sonli «Iqtisodiyot bazaviy tarmoqlaridagi loyiha ishlarini hamda muhandis-loyihalovchilarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq loyihalash va qurilish sohasida malakali muhandislik kadrlarini tayyorlash tizimini takomillashtirish borasida Respublika ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik ishlari doimiy ravishda olib borilmoqda.

Bu yo‘nalish bo‘yicha faoliyat turli bosqichlarda olib boriladi, ma’lumki, bu faoliyat o‘rta maxsus ta’lim bosqichida – litsey va kollejlardan boshlanadi, chunki yosh avlodning kelajakdagi kasbiga bo‘lgan qiziqishi aynan shu o‘quv dargohlarda uyg‘onadi. Ayni shu sababdan «O‘zInjiniring» Respublika loyiha instituti kasb-hunar ta’limning ilk bosqichlaridan kadrlarni tayyorlash masalalariga jiddiy diqqat qaratadi.

- Biz, litseyni bitirgan odam o‘z kasbini, uni anglab tushunib tanlashi uchun o‘quvchilarni loyihalashning boshlang‘ich asoslari bilan tanishtirib borishga qaror qildik, - deb ta’kidladi «O‘zInjiniring» RLI direktorining birinchi o‘rinbosari Shamil Shaymardanov.

Shu munosabat bilan 2019 yil 7 noyabr kuni «O‘zInjiniring» RLI va Toshkent Arxitektura va qurilish instituti qoshidagi Akademik litsey o‘rtasida O‘zaro anglashuv va hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzilandi. Memorandumning maqsadi - Akademik litsey bilan «O‘zInjiniring» RLI doirasida o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishdir. Asosiy vazifalar qatoriga seminar va treninglarni o‘z ichiga olgan tadbirlarni tashkil qilish va o‘tkazish kiradi. Tomonlar o‘quvchilarni sanoat qurilishi, loyihalash, loyihalarni boshqarish, sanoatni rivojlantirish va boshqa sohalardagi zamonaviy talablar bilan tanishtirish borasida ham kelishib oldilar.

- Biz «O‘zInjiniring» RLI bilan hamkorlik qilishdan juda xursandmiz, - deb ta’kidladi Akademik litsey direktori G‘ulom Saidov. - Loyihalash sohasidagi bilim va qiziqishni oshirish maqsadida memorandumda o‘quvchilarni loyiha faoliyati asoslari bilan tanishtirish nazarda tutilgan.

Shuningdek ta’kidlash joizki, «O‘zInjiniring» RLI ushbu yo‘nalishda boshqa ixtisoslashtirilgan litsey va kollejlar bilan faol ish olib borishni, o‘quvchilarning ijodiy va kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun sharoit va imkoniyatlarni yaratishni davom ettirish niyatida.



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech