Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
21 Iyul 2020 | Manba: Газета.uz 681

O‘zbekiston muhandis-maslahatchilar uyushmasi uchta OTM bilan memorandum imzoladi

O‘zbekiston muhandis-maslahatchilar uyushmasi uchta OTM bilan memorandum imzoladi

Toshkent Davlat texnika universiteti (TDTU), Toshkent arxitektura-qurilish instituti (TAQI) va Toshkent kimyo texnologiya instituti (TKTI) talabalarda kasbiy mahoratni oshirish va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish sohasida O‘zbekiston muhandis-maslahatchilar uyushmasi (O‘zMMU) bilan hamkorlik qiladi.

Toshkentda O‘zbekiston muhandis-maslahatchilar uyushmasi (O‘zMMU) va mamlakatning uchta oliy ta’lim muassasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumlar imzolandi. Bu haqda uyushma «Gazeta.uz»ga xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, memorandumlarni imzolashdan asosiy maqsad O‘zMMU va Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti, Toshkent arxitektura-qurilish instituti va Toshkent kimyo texnologiya instituti o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashdir.

Tashkilotlar kasbiy mahoratni oshirish va talabalar uchun amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik qiladi. Ular birgalikda konferensiyalar, forumlar, seminarlar va davra suhbatlari o‘tkazadilar, ma’ruzalar va master-klasslar o‘tkazish uchun mutaxassislarni jalb qiladilar.

O‘zbekiston muhandis-maslahatchilar uyushmasi 2018 yilda mamlakat Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan. Uyushma faoliyatiga muhandis-loyihachilar va boshqa mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha OTMlari va loyiha tashkilotlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni muvofiqlashtirish kiradi. Shuningdek, O‘zMMU o‘quv dasturlariga loyihalash va qurilishda yangi yutuqlar va innovatsion yondashuvlarni kiritishga yordam beradi.

«Albatta, biz tushunib turibmiz, respublikada muhandislikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan, asosiy muammolardan biri, bu kadrlarning yetishmasligidir. Shu jumladan, murakkab texnik muammolarni ijodiy va professional ravishda hal qilishga qodir bo‘lganlar — bu muhandislardir. Uyushma muhandislik sohasida malakali kadrlar tayyorlashga, shu jumladan, muhandislik loyihalash, shuningdek mazkur sohada respublikada shakllangan mutaxassislar yetishmovchiligini to‘ldirish uchun loyihalarni boshqarishga alohida e’tibor qaratishda davom etadi», — dedi O‘zbekiston muhandis-maslahatchilar uyushmasi direktori Afzal Xolmatov.

Uyushma mazkur hamkorlik doirasida mamlakatdagi OTMlar va muhandislik xizmatlari bozori ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar maydonchasiga aylanadi. Jumladan, o‘quv dasturlarini tayyorlash, OTMlari o‘qituvchilarining malakasini oshirish, istiqbolli kadrlarni izlash va tanlash sohasida.



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech