Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
2022 yil 30 mart kuni “OʻzInjiniring” RLI da SES Jamgʻarmasi (Germaniya) bilan hamkorlik doirasida  “Qayta tiklanadigan energiya manbalariga kirish va sharhlar” mavzuyidagi uch kunlik trening boshlandi
30 Mar 2022

Joriy yilning 30 martidan 1 apreliga qadar “OʻzInjiniring” Respublika loyiha institutida Oʻzbekiston muhandislar-konsultantlar uyushmasi ishtirokida SES (Senior Experten Service) Jamgʻarmasi bilan hamkorlik doirasida “Qayta tiklanadigan energiya manbalariga kirish va sharhlar” mavzuyidagi uch kunlik trening oʻtkaziladi.

Trening Germaniyadan taklif etilgan energetika sohasidagi ekspert Sabina Altmann tomonidan oʻtkaziladi.

Treningda “OʻzInjiniring” RLI, “Issiqlikelektrloyiha” AJ, “Oʻzogʻirsanoatloyiha” AJ, “Oʻzenergoinjiniring” AJ, “Oʻzelektroapparat-Electroshield” AJ va boshqa tashkilotlar mutaxassislari ishtirok etadilar.

Trening davomida quyidagi masalalar koʻrib chiqiladi:

  • Qayta tiklanadigan energetikaga kirish;

  • Qayta tiklanadigan energetika manbalari;

  • Gidroenergetika, quyosh va shamol generatsiyasining afzallik va kamchiliklari;

  • Issiqlik nasosining ishlash prinsipi;

  • Biogaz va geotermal energiya manbalari;

  • Qazilma yoqilgʻidan bosqichma-bosqich voz kechish;

  • Germaniya misolida qayta tiklanadigan energetika qiymati va samaradorligi;

  • Quyosh energetikasi;

  • Avtonom tarmoqlar;

  • Quyosh energiyasi uchun maxsus xarid tarifi;

  • Sof o‘lchov tizimi masalalari – elektr ta’minoti sohasidagi kichik qayta tiklanadigan energiya manbalari egalariga qo‘llaniladigan eko siyosat;

  • Energetika sohasida tadbirkorlikni rivojlantirishning funksiya va jihatlari;

  • Energetika sohasida tadbirkorlikni rivojlantirishning boshqarish tizimlari;

  • Kompaniyalarning energetika bozoriga kirish tajribasi: bosqichlar, qadamlar, muammolar.

Trening tinglovchilarga qayta tiklanadigan energiya manbalari, jumladan, chet elda qayta tiklanadigan texnologiyalardan foydalanish, narx hosil boʻlish tajribasi, shuningdek, Oʻzbekistonda muqobil energetikani joriy etish bilan bogʻliq koʻplab masalalar bilan tanishish imkonini beradi.

Ko'rishlar: 546
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech