Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
29 Nov 2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-fevraldagi PQ-3557-sonli “Iqtisodiyot bazaviy tarmoqlaridagi loyiha ishlarini hamda muhandis-loyihalovchilarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq loyihalash va loyihalarni boshqarish sohasida muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, o‘quv jarayoniga xorijiy injiniring kompaniyalarining yetakchi mutaxassislari va muhandis-loyihalovchilarini jalb qilish maqsadida, joriy yilning 8-noyabridan 2-dekabriga qadar “O‘zInjiniring” Respublika loyiha instituti tomonidan “Fulbrayt” fondi (AQSH) bilan birgalikda mamlakatimiz texnika universitetlarida – Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Yodju texnika instituti, shuningdek, Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida arxitektura va shaharsozlik sohasidagi ekspert Allen Sverdlovning ma’ruzalari va mahorat darslari tashkil etildi.


Ma’ruzalar va mahorat darslari jarayonida ekspert «Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markazini rekonstruksiya qilish», «Bruklin sohillarini tiklash loyihalari», «Veston shahar kutubxonasini rekonstruksiya qilish» va boshqa shu kabi keng ko‘lamli loyihalarda ishtirok etish tajribasi bilan bo‘lishishdi. Oliy o‘quv yurtlarining talaba va o‘qituvchilari davrasida bino, bog‘, hiyobon va ko‘chalarda ekologiyani saqlash, ularni ko‘kalamzorlashtirish, post-Covid zamonidagi rejalashtirish, dizayn va arxitekturani qayta ko‘rib chiqish va qayta anglashga, arxitekturadagi innovatsiyalarga oid mavzular, shuningdek, bino qurilishidagi zamonaviy usullar, shaharlarni samarali rejalashtirish va bunda transport tizimlarini hisobga olish masalalari va boshqa muammolar muhokama qilindi. Talabalar muhokama va munozaralarda faol qatnashdilar, shuningdek, o‘z loyihalarini ekspertga ko‘rsatib, juda foydali maslahatlar oldilar, ko‘plab savollariga javob topdilar.


Ekspert arxitekturaning ayrim yo‘nalishlariga doir o‘quv rejalarini o‘rganib chiqdi hamda arxitektura fakultetlari o‘qituvchilari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar jarayonida bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash dasturlariga muayyan qo‘shimchalar kiritishni taklif etdi.


Bundan tashqari, 11-noyabr kuni «O‘zInjiniring» instituti, O‘zbekiston ekologik qurilish kengashi va O‘zbekiston muhandislar-konsultantlar uyushmasi tomonidan IT-parkda shaharsozlik va ekologiya mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarda Qurilish vazirligi, Toshkent arxitektura-qurilish instituti va bir qator qurilish tashkilotlarining vakillari ishtirok etdilar. AQSHlik mutaxassis Allen Sverdlov “New York: Grey or Green” mavzusida ma’ruza qilib, Nyu-York megapolisining shahar ekologiyasini saqlab qolish va hududlarni ko‘kalamzorlashtirish tajribasi haqida so‘zlab berdi



Shuni qayd etib o‘tish lozimki, Allen Sverdlov arxitektura va shaharsozlik sohasida 35 yillik tajribaga ega mutaxassis bo‘lib, hududlarni rejalashtirish bo‘yicha “New York New Visions” (NYNV) qo‘mitasi raisi, “AIA's Design Awards”, “Urban Design” va “Transportation” qo‘mitalarining a’zosi, Mintaqaviy rejalashtirish assotsiatsiyasi konsultanti hamda Konnektikut shtatidagi Veston shahrining Qurilish qo‘mitasi rahbari sifatida faoliyat ko‘rsatadi.

Ko'rishlar: 1045
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech