Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
“OʻzInjiniring” RLI da Germaniyaning SES Jamgʻarmasi ekspertlari tomonidan oʻtkaziladigan treninglar va mahorat darslarining navbatdagi bosqichi  boshlanmoqda
28 Mar 2022

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 fevraldagi “Iqtisodiyot bazaviy tarmoqlaridagi loyiha ishlarini hamda muhandis-loyihalovchilarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3557-sonli qaroriga muvofiq, “OʻzInjiniring” Respublika loyiha instituti chet el ta’lim muassasalaridan va injiniring kompaniyalaridan yetakchi mutaxassislar va muhandis-loyihalovchilarni o‘quv jarayoniga keng jalb etish orqali loyihalash sohasida muhandis kadrlar malakasini oshirish borasidagi tizimli amaliy ishlarni olib bormoqda.

Ushbu ishlarni bajarish doirasida hamda loyihalarni amalga oshirishda loyiha ishlarini mahalliylashtirish darajasini oshirish hamda chet el injiniring kompaniyalari xizmatlari o‘rnini bosqichma-bosqich egallash maqsadida milliy mutaxassislarni oʻqitish hamda loyihalash va loyiha boshqaruvining turli yoʻnalishlari boʻyicha tajriba almashish uchun chet el ekspertlarini jalb qilish orqali SES Jamgʻarmasi (Senior Experten Service, Germaniya) bilan yaqindan hamkorlik qilinmoqda.

Jumladan, joriy yilning 30 mart - 16 aprel kunlari Germaniyadan taklif etilgan energetika sohasidagi ekspert Sabina Altmann bilan milliy energetika va loyihalash sohasidagi mutaxassislar, shuningdek, mamlakatimizning oliy texnika oʻquv yurtlari talabalari va oʻqituvchilariga moʻljallangan treninglar, mahorat darslari, amaliy tajriba almashish rejalashtirilgan. "Qayta tiklanadigan energiya manbalari sharhi", "Quyosh va shamol energiyasi", "Energetikada tadbirkorlik" kabi va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha treninglar oʻtkaziladi.

Ta'kidlash joizki, taklif etilgan ekspert, Altmann xonim, quyosh texnologiyalari, kichik gidroenergetika, kichik shamol turbinalari, biogazdan foydalanish sohalari boʻyicha mutaxassis boʻlib, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalangan holda loyihalarni amalga oshirishda amaliy tajribaga ega. AQSh, Turkiya, Uganda, Keniya, Tanzaniya, Nepal, Indoneziyada loyihalarni amalga oshirishda bevosita ishtirok etgan.

Ko'rishlar: 521
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech