Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Chop etish sanasi: 26.10.2022 y.
Muddat: 02.11.2022 y.
Ko'rishlar: 225

«O‘zInjiniring» RLI eng yaxshi taklif tanlovini e’lon qiladi va pudrat tashkilotlarini quyidagi loyiha bo‘yicha o‘z takliflarini taqdim etishga taklif etadi: «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi „O‘zInjiniring“ Respublika loyiha institutining ishlab turgan Serverxonasini rekonstruksiya qilish bo‘yicha elektrmontaj ishlarini bajarish uchun pudratchini tanlab olish»

Xizmatlar xaridining eng yuqori qiymati: 36 106 000,00 (oʻttiz olti million bir yuz olti ming) soʻm.

Ushbu xarid «O‘zInjiniring» RLIning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Takliflar elektron shaklda quyidagi manzilga yuborilishi kerak: https://etender.uzex.uz/lot/ 171130. Boshlanish sanasi: 26-10-2022 14:46.

Elektron takliflarni topshirishning soʻnggi muddati: 2022-yil 2-noyabr soat 14:46gacha.

Qoʻshimcha ma’lumotlarni quyidagi manzildan olishingiz mumkin:

«O‘zInjiniring» RLI, 100000, Toshkent shahri, Mirzo Ulugbek tumani, Mustaqillik shohkoʻchasi, 66-uy,
tel.: (+998 78) 113-02-80 (213), Muminova Gulchehra Kasimovna.



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech