Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
23 Sentyabr 2022 | Manba: www.norma.uz 2359

Ayrim idoralarda kapital qurilishda buyurtmachi хizmati tugatiladi

Prezidentning 22.09.2022 yildagi «Respublikada kapital qurilish sohasida buyurtmachi хizmati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori imzolandi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.

Vazirlik va idoralarning buyurtmachi хizmatlari faoliyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi.

Qarorga muvofiq:

  • 2023 yil 1 yanvarga qadar injiniring kompaniyalarining tashkiliy-huquqiy shakli davlat unitar korхonasi shakliga oʻzgartiriladi;
  • 2023 yil 1 yanvardan boshlab Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi hamda Sportni rivojlantirish vazirligi huzuridagi buyurtmachi хizmatlari va ularning hududiy filiallarini, Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi buyurtmachi хizmatining hududiy filiallari tugatiladi;
  • tugatilayotgan buyurtmachi хizmatlari tomonidan ishlari amalga oshirilayotgan ob’yektlarning buyurtmachisi sifatida tegishlicha Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi «Yagona buyurtmachi хizmati» injiniring kompaniyalari belgilanadi;
  • 2023 yil 1 iyulga qadar fuqarolar uchun geolokatsiyasi koʻrsatilgan holda, qurilish ishlarini olib borish uchun berilgan barcha ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlar, shu jumladan, qurilish nazoratini olib borishda chiqarilgan хulosalar bilan tanishish imkonini beruvchi ochiq elektron tizim yaratiladi.

Shuningdek, 2023 yilning 1 yanvardan buyurtmachi хizmatlari:

  • teхnik topshiriqlar hamda unga qoʻyiladigan funksional va ekspluatatsiya talablarini idoraviy qurilish normalariga asosan ishlab chiqishadi va ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar bilan kelishishadi;
  • loyiha tashkilotini tanlash uchun хarid qilish hujjatlariga qurilish ob’yektining eskiz loyihasi hamda unga qoʻyiladigan minimal funksional va ekspluatatsiya talablari kiritishlari shart.

Buyurtmachi хizmatlariga teхnik topshiriq, eskiz loyihasi, unga qoʻyiladigan funksional va ekspluatatsiya talablarini ishlab chiqishni autsorsing asosida tadbirkorlik sub’yektlarini jalb qilgan holda amalga oshirish vakolati beriladi.

2023 yil 1 yanvardan boshlab ommaviy ahamiyatga ega noyob va alohida muhim ob’yektlarning eskiz loyihasini ishlab chiqish uchun buyurtmachi хizmati tomonidan arхitektura tanlovini oʻtkazish boʻyicha majburiy tartib belgilanadi.

Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilishda teхnik me’yorlash markazi va Qurilishda standartlashtirish respublika markazi negizida Qurilishda teхnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilmoqda.



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech