Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va moslashtirish

«O‘zInjiniring» RLI faoliyatining asosiy yo‘nalishlariga loyihaoldi va loyiha hujjatlarini, shu jumladan, TIA/TIH larni ishlab chiqish hamda xorijiy loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan loyihaoldi hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlari va standartlariga moslashtirish kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.03.2017 yildagi “Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida loyiha ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2831-sonli qaroriga muvofiq Institut iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari buyurtmachilari bilan tuzilgan shartnomalar asosida investitsiya loyihalari bo‘yicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha bosh pudratchi sifatida tasdiqlangan.
Чтобы ознакомиться с выполненными проектами, перейдите по этой ссылке.

Atrof-muhitga ta'siri bo'yicha hujjatlarni ishlab chiqish

Ishlab chiqiladigan investitsiya loyihalar sifatini oshirish maqsadida, shuningdek, loyihalash jarayonlariga loyiha ishlarini tashkil etilishi va amalga oshirilishiga ilg‘or uslublarni joriy etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zInjiniring” Respublika loyiha instituti tarkibida ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish yo‘nalishi bo‘yicha ishlab chiquvchilar guruhi mavjud.


Чтобы ознакомиться с выполненными проектами, перейдите по этой ссылке.

Tender hujjatlarini ishlab chiqish

“O‘zinjiniring” Respublika loyiha institutining Tenderlarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.11.2000 y.dagi 456-sonli “Tender savdolarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 03.07.2003 y.dagi 302-sonli “Kapital qurilishda tanlov savdolari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 14.09.2015 y.dagi 264-sonli “Tender savdolarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq tender/tanlov hujjatlarini tayyorlash va tenderlarni o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatiladi.
Чтобы ознакомиться с выполненными проектами, перейдите по этой ссылке.

Investitsiya loyihalarini texnik kuzatish

«O‘zInjiniring» RLI faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 7 iyundagi 110-sonli qarori bilan tasdiqlangan Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq tartibga solinadigan loyihalar bo‘yicha iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari loyihalarining (loyihalashga doir qismida) texnikaviy kuzatuvini olib borish hisoblanadi.
Чтобы ознакомиться с выполненными проектами, перейдите по этой ссылке.

Tender savdosini tashkil etish

“O‘zinjiniring” Respublika loyiha institutining Tenderlarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.11.2000 y.dagi 456-sonli “Tender savdolarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 03.07.2003 y.dagi 302-sonli “Kapital qurilishda tanlov savdolari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 14.09.2015 y.dagi 264-sonli “Tender savdolarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq tender/tanlov hujjatlarini tayyorlash va tenderlarni o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatiladi.


Чтобы ознакомиться с выполненными проектами, перейдите по этой ссылке.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech