Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va moslashtirish

«O‘zInjiniring» RLIda murakkablikning barcha toifalaridagi ishlab chiqarish, fuqarolik va infratuzilma obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiya qilish va kapital ta’mirlash uchun loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha katta tajriba toʻplangan.

Bajarilgan loyihalar bilan tanishib chiqish uchun ushbu havola bo‘yicha o‘ting

Atrof-muhitga ta’sir boʻyicha hujjatlarni ishlab chiqish

Institutning ekologik loyihalash va me’yorlash yo‘nalishidagi ishlab chiquvchilar guruhining asosiy kompetensiyalariga atrof-muhitga bo‘ladigan ta’sirni baholashning barcha bosqichlaridagi masalalarni hal qilish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish hamda ekologiya me’yorlarini aniqlash va muvofiqlashni kuzatib borish kiradi:

Bajarilgan loyihalar bilan tanishib chiqish uchun ushbu havola bo‘yicha o‘ting

Mualliflik nazorati va texnik nazorat

Mualliflik nazorati loyihada qabul qilingan yechimlarga obyektni qurish jarayonida amalga oshirilayotgan yechimlarning muvofiqligini nazorat qilishdan iborat. Nazorat obyekt ishga tushirilgunga qadar, butun qurilish davomida amalga oshiriladi.

Bajarilgan loyihalar bilan tanishib chiqish uchun ushbu havola bo‘yicha o‘ting

Tender hujjatlarini ishlab chiqish

Biz uzoq vaqt davomida Oʻzbekiston bozorida ishlab kelyapmiz va tender hujjatlarini ishlab chiqish sohasida oʻzimizni ijobiy tomondan namoyon etishga muvaffaq boʻldik. Hujjatlar buyurtmachi uchun ham, potentsial pudratchi uchun ham sifatli va shaffof tarzda shakllantirilishiga biz kafilmiz.

Bajarilgan loyihalar bilan tanishib chiqish uchun ushbu havola bo‘yicha o‘ting

PMC (Project Management Consultant), konsalting xizmatlari

Loyihalarni boshqarish boʻyicha maslahatchilar guruhi (PMC) qurilishning barcha bosqichlarida pudratchilarni boshqarish boʻyicha koʻp vektorli yordam koʻrsatadi. Qurilish va montaj qilish vaqtida biz barcha pudratchilarning qabul qilingan me’yorlar va standartlarga muvofiq, shartnomada belgilab berilgan xarajatlar va vaqt chagaralari doirasida ishlashlarini kuzatib turamiz.

Bajarilgan loyihalar bilan tanishib chiqish uchun ushbu havola bo‘yicha o‘ting

Tender savdolarini tashkil etish

Institut Oʻzbekiston qonunchiligi normalariga, shuningdek, xalqaro moliya institutlarining tartib-qoidalariga muvofiq gʻolibni tanlash boʻyicha tanlov (tender) savdolarini tashkil etadi.

Bajarilgan loyihalar bilan tanishib chiqish uchun ushbu havola bo‘yicha o‘ting

Investitsiya loyihalarining mustaqil texnik-iqtisodiy ekspertizasi

Investitsiya loyihalarining mustaqil ekspertizasi texnik-iqtisodiy ma’lumotlarni va loyiha koʻrsatkichlarini kompleks baholashni oʻz ichiga oladi hamda loyihani amalga oshirish imkoniyatlarini, uning maqsadga muvofiqligi va iqtisodiy samaradorligini aniqlab beradi.

Bajarilgan loyihalar bilan tanishib chiqish uchun ushbu havola bo‘yicha o‘ting
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech