Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2021-yil 6-sentabrdagi buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati to‘g‘risida”gi Namunaviy nizom asosida Institut rahbariyati tomonidan quyidagi hujjatlar ishlab chiqilgan:

-     Ichki korrupsiyaga qarshi kurashishni nazorat qilish boʻlimi toʻgʻrisida nizom;

-     Ichki korrupsiyaga qarshi kurashishni nazorat qilish boʻlimi bosh mutaxassisining lavozim yoʻriqnomasi.

Bundan tashqari, Agentlik talablari asosida, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati sohasidagi tegishli normativ-huquqiy hujjatlar negizida hamda “OʻzInjiniring” RLIning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda Institutda quyidagi hujjatlar ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Institut direktorining 2022-yil 28-iyundagi 29-sonli buyrugʻi):

-     Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha siyosat. Mazkur Siyosat Institut xodimlarida va umuman jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini oshirish, shuningdek, oʻz faoliyatlari davomida xodimlar tomonidan korrupsiyaviy harakatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik va toqatsiz boʻlish maqsadida Institutning yuksak xulq-atvor standartlariga sodiqligini ifodalaydi;

-     Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha nizom. Mazkur Nizom Institut faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, uni aniqlash va hal qilish tartibini belgilaydi;

-     Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyoti. Mazkur Uslubiyot Institutga yuklangan vazifa va majburiyatlarni bajarishda yuzaga kelib chiqadigan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash bo‘yicha talablarni belgilab beradi hamda Institutda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashga yagona yondashuvni shakllantirishga qaratilgan;

-     Aloqa kanallari orqali korrupsiyaviy xatti-harakatlar to‘g‘risida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish Reglamenti. Mazkur Reglament Institutda korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va tegishli taʼsir choralarini ko‘rishga qaratilgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan;

-     Davlat xaridlarini amalga oshirish doirasida kontragentlarni tekshirish jarayoniga oid Yo‘riqnoma. Ushbu Yo‘riqnoma eng yaxshi taklifni tanlab olish, tender o‘tkazish yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish orqali davlat xaridlarini amalga oshirishda Institut kontragentlarini majburiy tekshirishning asosiy talablari, tartibi va usullarini belgilaydi;

-     Xizmat tekshiruvlarini o‘tkazish Tartib-taomili. Mazkur Tartib-taomil korrupsiyaga qarshi kurashish talablarining va Korporativ axloq-odob kodeksining potensial buzilishlari to‘g‘risida kelib tushgan xabarlar asosida Institut xodimlari va uning ish bo‘yicha hamkorlariga nisbatan, shuningdek, Institut nomidan u yoki bu tarzda ish yuritayotgan tashkilot va shaxslarga nisbatan boshlangan xizmat tekshiruvlarini o‘tkazishni belgilab beruvchi yagona standart hisoblanadi.

-     “OʻzInjiniring” RLI xodimlari bilan tuziladigan mehnat shartnomalariga kiritish uchun korrupsiyaga qarshi qoidalardan (korrupsiyaga qarshi alohida shartlardan) iborat Majburiy shartlar;

-     “OʻzInjiniring” RLI kontragentlari bilan tuziladigan shartnomalarga kiritish uchun korrupsiyaga qarshi qoidalardan (korrupsiyaga qarshi alohida shartlardan) iborat Majburiy shartlar.

Shuningdek, Institutda Korporativ axloq-odob kodeksi ishlab chiqilgan, tasdiqlangan va unga amal qilish yoʻlga qoʻyilgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech