Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
31 Yanvar 2023 | Manba: https://minenergy.uz/uz/news/view/2559 1590

Joriy yilda 7 ta elektr stansiya ishga tushiriladi

Joriy yil yakuniga qadar yurtimizda umumiy quvvati 2910,6 MVt bo‘lgan 7 ta elektr stansiya (1 ta IES, 1 ta shamol, 3 ta quyosh va 2 ta GES) ishga tushirilishi (yagona elektr tarmog‘iga ulanishi) rejalashtirilgan. Xususan:

  • Sirdaryo viloyatining Shirin shahri va Boyovut tumanlari hududida quvvati 1500 MVt bo‘lgan zamonaviy issiqlik elektr stansiyasi;
  • Navoiy viloyatining Tomdi tumanida quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi;
  • Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida quvvati 457 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi;
  • Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida quvvati 220 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi;
  • Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida quvvati 220 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalari ishga tushirilishi (yagona elektr tarmog‘iga ulanishi) rejalashtirilgan.
  • Ahamiyatlisi, ushbu elektr stansiyalar xorijiy kompaniyalar tomonidan 100 foiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hisobiga amalga oshirilmoqda.
  • Samarqand viloyatida umumiy quvvati 13,6 MVt bo‘lgan 2 ta gidroelektr stansiya ishga tushiriladi. Shuningdek, To‘palang GES modernizatsiya qilinadi va uning quvvati amaldagi 30 MVtdan 175 MVtga (+145) oshiriladi.

Ma’lumot uchun: 2022-yilda umumiy quvvati 1474 MVt bo‘lgan 7 ta yangi elektr stansiya ishga tushirildi.



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech