Yangi yilda investitsiya siyosatini amalga oshirish va “yashil” energetikani rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev
O‘tgan yil yakuni bilan jami 22 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilgani, bu avvalgi yilga nisbatan 1,8 barobar ko‘pligi ta’kidlandi.
Amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinar ekan, joriy yilda xorijiy investitsiyalar hajmini yanada ko‘paytirish zarurligi qayd etildi. Bunda asosiy e’tiborni elektrotexnika, mashinasozlik, qurilish materiallari, farmatsevtika, to‘qimachilik va charm tarmoqlariga qaratish topshirildi.
Yirik investorlar bilan manzilli ishlash, investitsiyalarni jalb qilishda iqtisodiy diplomatiyani va chet eldagi diplomatik vakolatxonalar ishtirokini kuchaytirish muhimligi alohida qayd etildi.
Yangi investitsiya loyihalarni amalga oshirishda hududlardagi maxsus zonalardan hamda sanoat kooperatsiyasi imkoniyatlaridan keng foydalanish orqali qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Tarmoq va hududlar rahbarlari investitsiya masalalarini hal etishda sanoat tarmoqlari bilan yaqindan ishlashi, asosiy e’tiborni hududlarda iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, yangi ish o‘rinlarni ko‘paytirishga qaratishi shartligi qayd etildi.
Xalqaro moliya institutlari mablag‘laridan samarali foydalanish va ularni o‘z vaqtida o‘zlashtirish, ushbu mablag‘larni ustuvor ravishda ijtimoiy, infratuzilma hamda suv xo‘jaligi loyihalariga yo‘naltirish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, joriy yilda grant mablag‘larini jalb qilishni faollashtirib, ekologiya,
Yig‘ilishda «yashil» energetikani rivojlantirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Bugungi kunda yurtimizda quyosh, shamol va gibrid turdagi elektr stansiyalarni
Xususan, o‘tgan yil
Bundan tashqari, ayni paytda Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy, Fransiya va Shveysariya kabi mamlakatlarning kompaniyalari bilan hamkorlikda «yashil» stansiyalar va energiya saqlash tizimlarini barpo etish bo‘yicha 12 loyiha ustida ish olib borilmoqda.
Bugungi yig‘ilishda o‘tgan yilda boshlangan loyihalarni
Davlatimiz rahbari elektr energetika tizimining barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida o‘zgaruvchan ishlab chiqarish quvvatlari qo‘shilishini inobatga olgan holda tarmoqlarni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish vazifasini qo‘ydi. Bunda mavjud tarmoqlarni modernizatsiya qilish, yangi podstansiyalar, uzatish tarmoqlarini qurish, zamonaviy avtomatlashtirilgan himoya tizimlarini, raqamlashtirilgan boshqaruv tizimlarini (SCADA/EMS) joriy etish, zaxira quvvatlari va energiya saqlovchi tizimlarning tarmoqdagi ulushini ko‘paytirish
Yig‘ilishda energetika tizimiga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni ko‘paytirish masalasiga to‘xtalib o‘tildi.
Energetika tarmog‘iga investitsiya kiritayotgan asosiy xorijiy hamkorlar bilan manzilli ishlash va investitsiyaviy sheriklikni yanada kengaytirish maqsadida Energetika vazirligining bu boradagi faoliyatini takomillashtirish topshirildi.
Xalqaro tajriba asosida qishloq xo‘jaligi yerlarida mahsulot yetishtiruvchilar tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun quyosh panellarini o‘rnatish va elektr energiyasini ishlab chiqarish — agrovoltaika amaliyotini joriy etish imkoniyatini o‘rganish va ushbu yo‘nalishni qo‘