Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Korrupsiyaga qarshi xulq-atvor korporativ etika elementidir
18 Apr 2022

Joriy yilning 18-aprel kuni “O‘zInjiniring” Respublika loyiha institutida "Korrupsiyaga qarshi kurashish" mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda yuridik fanlar nomzodi, dotsent, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali rahbarining huquqiy maslahatchisi Abzalov Erkin Mehmonovich maʼruzachi bo‘ldi.

Institutning Ichki korrupsiyaga qarshi kurashishni nazorat qilish bo‘limi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbir Institut xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan bo‘lib, Institut xodimlari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha huquqiy ong va huquqiy madaniyatni, unga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha umumiy qabul qilingan protseduralar to‘g‘risidagi xabardorlikni oshirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlari samaradorligini oshirish maqsadida o‘tkazildi.

Seminar davomida korrupsiya ijtimoiy hodisa sifatida hozirgi kunda siyosiy rivojlanishidan qatʼi nazar dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida, jumladan, O‘zbekistonda ham davom etayotgani va faqat ko‘lami bilan farq qilishi taʼkidlandi. Korrupsiya mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, bozor iqtisodiyotini qurish, investitsiyalarni jalb qilish jarayonlarini sekinlashtirmoqda, siyosiy va jamoat institutlariga salbiy taʼsir ko‘rsatmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurash O‘zbekistonda davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev korrupsiyaga qarshi kurash haqida gapirgan har bir so‘zida korrupsiyani jamiyat ishtirokisiz yengib bo‘lmasligini takror-takror taʼkidlab kelmoqda.

Seminar davomida ishtirokchilar maʼruzachi tomonidan yoritilgan masalalar yuzasidan fikr almashdilar. Xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda, biznes sheriklar va boshqa tashkilotlar bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlarda Institut yuksak huquqiy, etik va axloqiy meʼyorlarga rioya etishi taʼkidlandi.

Institutda korrupsiyaga qarshi siyosat bilan har qanday shakl va ko‘rinishlardagi korrupsiyaga nisbatan mutlaqo murosasizlik prinsipi joriy qilingan bo‘lib, bu Institut xodimlari uchun korrupsion xatti-harakatlarda bevosita yoki bilvosita, shaxsan yoki biror-bir vositachi orqali qatnashish to‘liq va mutlaqo taqiqlanganligini anglatadi.

Ko'rishlar: 1117
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech