Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

“O‘zinjiniring” Respublika loyiha institutining Tenderlarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.11.2000 y.dagi 456-sonli “Tender savdolarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 03.07.2003 y.dagi 302-sonli “Kapital qurilishda tanlov savdolari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 14.09.2015 y.dagi 264-sonli “Tender savdolarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq tender/tanlov hujjatlarini tayyorlash va tenderlarni o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatiladi.

Shuningdek bo‘lim Xalqaro moliya institutlari, shu jumladan, Osiyo taraqqiyot banki (OTB),  Jahon banki guruhi (Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi), EKSIM bank (Xitoy Eksport-import banki), Islom taraqqiyot banki (ITB) larning moliyalashi ishtirokidagi tender savdolarini o‘tkazish xizmatlarini ko‘rsatadi.

2010 yildan 2016 yilgacha bo‘lgan faoliyat davrida Institut tomonidan strategik jihatdan muhim ob’yektlar uchun asbob-uskuna va materiallarni xarid qilish bo‘yicha investitsiya loyihalari doirasida tenderlarni tashkil etish va o‘tkazish, shuningdek, tasdiqlangan investitsiya loyihalari bo‘yicha marketing tadqiqotlarini ishlab chiqish xizmatlari ko‘rsatilgan.

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech