Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot startegiyasi to‘g‘risida” PF-60-son Farmoni bilan quyidagi yettita ustuvor yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot Strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” da amalga oshirishga oid Davlat dasturi tasdiqlandi:

  • inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;
  • mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;
  • milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish surʼatlarini taʼminlash;
  • adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;
  • maʼnaviy taraqqiyotni taʼminlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish;
  • milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish;
  • mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish.
№ UP-60

1. "Hududlarni mutanosib rivojlantirish orqali mintaqaviy iqtisodiyotni 1,4-1,6 baravarga oshirish"dan iborat 33-maqsad ijrosini tashkil etish uchun aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tizimini tubdan takomillashtirish va shaharsozlik hujjatlari bilan ta’minlash dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish vazifasi ustuvor vazifa sifatida bеlgilangan.

2022 yilning I-yarim yilligida Oʻzbеkiston Rеspublikasi Qurilish vazirligi tomonidan tayyorlangan Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va shaharsozlik hujjatlari tizimini tubdan takomillashtirish dasturi loyihasini koʻrib chiqishda amaliy yordam koʻrsatishdagi (zarurat boʻlsa) Institut ishtirokini tashkil etish rеjalаshtirilgan.

Bu yoʻnalishda quyidagi ishlar bajarilgan:

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan tayyorlangan normativ hujjatlarning koʻrib chiqilishida Institut mutaxassislarining ishtiroki ta’minlangan. Jumladan:

Institut tomonidan Qurilish vazirligiga Hukumatning loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish va ularning mas’uliyatini oshirish toʻgʻrisidagi qaror rejasi boʻyicha tavsiyalar va takliflar taqdim etildi.

Shuningdek, “OʻzInjiniring” RLI tomonidan Qurilish vazirligining Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish hamda shaharsozlik hujjatlari tizimini tubdan takomillashtirish dasturi doirasida                                                   tayyorlagan quyidagi amalda boʻlgan ShNK me’yoriy hujjatlarining yangi tahrirlari loyihalari koʻrib chiqilgan hamda ular boʻyicha taklif va tavsiyalar berilgan:

  • ID-57495 (V-1) ShNK 1.01.01-22 «Qurilish sohasidagi normativ hujjatlar tizimi»;

  • ID-57496 (V-1) ShNK 1.03.09-22 «Loyiha bosh muhandisi (bosh arxitеktori) haqida Nizom»;

  • ID-57497 (V-1) ShNK 1.03.13-22 «Bosh loyihachi toʻgʻrisidagi Nizom»;

  • ID-57503 (V-1) ShNK 1.03.01-22 «Korxona, bino va inshootlarni qurish va rеkonstruksiya qilish uchun loyiha hujjatlarining tarkibi, ishlab chiqilishi, kеlishilishi va tasdiqlanishi tartibi».

2. “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, shaharlar va tumanlar ekologiya holatini yaxshilash, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish”-dan iborat 80-maqsad ijrosini tashkil qilish maqsadida har yili daraxt koʻchatlarini ekish ustuvor vazifa etib belgilangan.

2022 yilning I-yarim yilligida Institut tomonidan 2021 yilda ekilgan koʻchatlarni sugʻorish, parvarish qilish va yetishtirish ishlarini davom ettirish rejalangan.

Bu yoʻnalishda quyidagi ishlar bajarilgan:

Institut tomonidan 2021 yilda oʻtkazilgan 254 tup koʻchatni sugʻorish, parvarish qilish va yetishtirish ishlarini amalga oshirmoqda. “Yashil makon” milliy loyiha doirasida 2022 yil bahor mavsumida yangi koʻchatlarni ekish boʻyicha Chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech