Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot startegiyasi to‘g‘risida” PF-60-son Farmoni bilan quyidagi yettita ustuvor yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot Strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” da amalga oshirishga oid Davlat dasturi tasdiqlandi:

  • inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;
  • mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;
  • milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish surʼatlarini taʼminlash;
  • adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;
  • maʼnaviy taraqqiyotni taʼminlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish;
  • milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish;
  • mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish.
№ UP-60

1. “Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish” 5-maqsadini amalga oshirish uchun ish yuritishni taʼminlash va maʼmuriy boshqaruv jarayonlari sifatini oshirish masalasi ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

2022 yilda Institutning ichki hujjatlarini lotin yozuviga asoslangan davlat tiliga o‘tkazish jarayonining ikkinchi bosqichini amalga oshirish bo‘yicha ish olib borish rejalashtirilgan.

Ushbu yo‘nalishda quyidagi ishlar amalga oshirildi:

  • Institutning 145 ta ichki meʼyoriy  hujjatlari lotin alifbosi asosida  davlat tiliga tarjima qilindi;

  • Institut xodimlarini lotin yozuviga asoslangan o‘zbek tili alifbosi, imlo qoidalari va davlat tilida ish yuritish bo‘yicha o‘qitish ishlari davom etmoqda. Joriy yilning may oyida  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti Universiteti huzuridagi davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida Institutning 2 ta xodimi o‘qitilishi rejalashtirilgan;

  • lotin yozuviga asoslangan davlat tiliga tarjima qilingan  xodimlarning lavozim yo‘riqnomalari va bo‘lim Nizomlarini rasmiy ro‘yxatga olish ishlari olib borilmoqda.

2. “Davlat fuqarolik xizmati tizimini zamonaviy standartlar asosida tashkil etish” 10-maqsadini amalga oshirish uchun Davlat xizmatida korrupsiya omillarini bartaraf etish, kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilish va ular faoliyati samaradorligini baholashning huquqiy asoslarini takomillashtirish masalasi ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

2022 yil I yarim yillikda ichki korrupsiyaga qarshi kurashishni nazorat qilish bo‘limining samarali ish yuritishi va Bo‘lim ishini amaldagi meʼyoriy hujjat talablari asosida tashkil etish uchun Institutning ichki meʼyoriy hujjatlarini tayyorlash, kelishish va tasdiqlatish jarayonini yakunlash rejalashtirilgan.

Ushbu yo‘nalishda quyidagi ishlar amalga oshirildi:

  • 25.10.2021 yilda tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Departamenti bilan kelishilgan Institutning yangi tarkibiy tuzilmasiga asosan Ichki korrupsiyaga qarshi kurashishni nazorat qilish bo‘limi tashkil etildi. Bo‘lim amaldagi meʼyoriy hujjat talablari asosida tashkil etilgan;

  • bo‘limga tanlov asosida mutaxassis ishga qabul qilindi, nomzod O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan kelishildi;

  • bo‘limning samarali faoliyat yuritishi uchun Ichki korrupsiyaga qarshi kurashishni nazorat qilish to‘g‘risidagi Nizom, shuningdek  bo‘lim bosh mutaxassisining lavozim yo‘riqnomasi tasdiqlandi.

Institutda korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini tartibga soluvchi ichki me’yoriy hujjatlarni shakillantirish ishlari yakunlanmoqda.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech