Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot startegiyasi to‘g‘risida” PF-60-son Farmoni bilan quyidagi yettita ustuvor yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot Strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” da amalga oshirishga oid Davlat dasturi tasdiqlandi:

  • inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;
  • mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;
  • milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish surʼatlarini taʼminlash;
  • adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;
  • maʼnaviy taraqqiyotni taʼminlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish;
  • milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish;
  • mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish.
№ UP-60

1. “Hududlarning muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma tizimini hamda xizmat ko‘rsatish va  servis sohalarini rivojlantirish” 34 - maqsadni amalga oshirish uchun аlohida sohalarda loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha, xorijiy loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan loyihaoldi hujjatlarni texnik boshqarish va O‘zbekiston Respublikasi standartlari sohasidagi normativ hujjatlarga moslashtirish bo‘yicha “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun va qonunosti hujjatlariga muvofiq xarid jarayonlarida ishtirok etish masalasi ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

Ushbu vazifani amalga oshirish uchun Institut “Yangi Amu - Buxoro I nasos stansiyasini qurish” loyihasi doirasida Ishchi hujjatni moslashtirish bo‘yicha tanlovda ishtirok etdi.

2. “Jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanadigan fuqarolarning sonini oshirish” 67 - maqsadni amalga oshirish uchun jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanuvchi fuqarolar sonini ko‘paytirish masalasi ustuvor vazifa etib belgilangan.

Ushbu vazifani amalga oshirish uchun 29.07.2022 yil va 03.08.2022 yilda Institut yosh mutaxassislari “Worley Parsons Uzbekistan Engineering” MChJ xodimlari bilan futbol jamoalari o‘yinlarida ishtirok etishdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech