Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot startegiyasi to‘g‘risida” PF-60-son Farmoni bilan quyidagi yettita ustuvor yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot Strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” da amalga oshirishga oid Davlat dasturi tasdiqlandi:

  • inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;
  • mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;
  • milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish surʼatlarini taʼminlash;
  • adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;
  • maʼnaviy taraqqiyotni taʼminlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish;
  • milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish;
  • mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish.
№ UP-60

1. “Pandemiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini oshirish” 88 - maqsadni amalga oshirish uchun koronavirus qaytadan tarqalishining oldini olish hamda uning iqtisodiyot va insonlar hayotiga salbiy taʼsirini imkon qadar cheklash masalasi ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

Ushbu vazifani amalga oshirish uchun Institutda muntazam ravishda binolarni sanitariya nazorati va kasallik belgilari bo'lgan shaxslar vizual ko'rikdan o'tkazmoqda, sentabr oyida Institutda 62 nafar shaxs shamollash va grippga qarshi emlandi.

2. “Xotin qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash” 67 - maqsadni amalga oshirish uchun xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlashga doir islohotlarni amalga oshirish masalasi ustuvor vazifa etib belgilangan.

Ushbu vazifani amalga oshirish uchun Institutda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilot tuzildi va rais saylandi..

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech