Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot startegiyasi to‘g‘risida” PF-60-son Farmoni bilan quyidagi yettita ustuvor yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot Strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” da amalga oshirishga oid Davlat dasturi tasdiqlandi:

  • inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;
  • mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;
  • milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish surʼatlarini taʼminlash;
  • adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;
  • maʼnaviy taraqqiyotni taʼminlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish;
  • milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish;
  • mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish.
№ UP-60

1. “Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish” 5-maqsadini amalga oshirish uchun ish yuritishni taʼminlash va maʼmuriy boshqaruv jarayonlari sifatini oshirish masalasi ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

2022 yilda Institutning ichki hujjatlarini lotin yozuviga asoslangan davlat tiliga o‘tkazish jarayonining ikkinchi bosqichini amalga oshirish bo‘yicha ish olib borish rejalashtirilgan.

Ushbu yo‘nalishda quyidagi ishlar amalga oshirildi:

  • Institutning 170 ta ichki meʼyoriy  hujjatlari lotin alifbosi asosida  davlat tiliga tarjima qilindi;

  • Institut xodimlarini lotin yozuviga asoslangan o‘zbek tili alifbosi, imlo qoidalari va davlat tilida ish yuritish bo‘yicha o‘qitish ishlari davom etmoqda. Shu bilan birga, joriy yilning iyul oyida  Institutning 2 nafar xodimi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti Universiteti huzuridagi davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida davlat tilida ish yuritish asoslari bo‘yicha o‘qitilishi rejalashtirilgan.

  • lotin yozuviga asoslangan davlat tiliga tarjima qilingan  ichki hujjatlarni rasmiylashtirish ishlari davom etmoqda;

2. “Davlat fuqarolik xizmati tizimini zamonaviy standartlar asosida tashkil etish” 10-maqsadini amalga oshirish uchun Davlat xizmatida korrupsiya omillarini bartaraf etish, kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilish va ular faoliyati samaradorligini baholashning huquqiy asoslarini takomillashtirish masalasi ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

2022 yil I yarim yillikda ichki korrupsiyaga qarshi kurashishni nazorat qilish bo‘limining samarali ish yuritishi va Bo‘lim ishini amaldagi meʼyoriy hujjat talablari asosida tashkil etish uchun Institutning ichki meʼyoriy hujjatlarini tayyorlash, kelishish va tasdiqlatish jarayonini yakunlash rejalashtirilgan.

Ushbu yo‘nalishda quyidagi ishlar amalga oshirildi:

2.1.       Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida quyidagi hujjatlar tayyorlandi:

  • “O‘zInjiniring” Respublika loyiha institutining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha siyosati;

  • “O‘zInjiniring” Respublika loyiha institutida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi Nizom;

  • “O‘zInjiniring” Respublika loyiha institutida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyоti;

  • “O‘zInjiniring” Respublika loyiha institutining aloqa kanallari orqali korrupsiyaviy xatti-harakatlar to‘g‘risida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish Reglamenti;

  • “O‘zInjiniring” Respublika loyiha institutida Davlat xaridlarini amalga oshirish doirasida kontragentlarni tekshirish bo‘yicha Yo‘riqnoma;

  • “O‘zInjiniring” Respublika loyiha institutida xizmat tekshiruvlarini o‘tkazish tartibi.

2.2. 2022 yil 11 may kuni Institutning malakali mutaxassislari “Komplayns bo‘yicha biznes” forumida ishtirok etishdi, bunda tashkilotda komplayns -dasturini yaratish, ichki tekshiruvlarni o‘tkazish tartibi, xarid jarayonlariga rioya qilish, korporativ madaniyatni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech