Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot startegiyasi to‘g‘risida” PF-60-son Farmoni bilan quyidagi yettita ustuvor yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot Strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” da amalga oshirishga oid Davlat dasturi tasdiqlandi:

  • inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;
  • mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;
  • milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish surʼatlarini taʼminlash;
  • adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;
  • maʼnaviy taraqqiyotni taʼminlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish;
  • milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish;
  • mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish.
№ UP-60

1. 5-maqsad: Ихчам, профессионал, адолатли, юқори натижадорликка хизмат қиладиган давлат бошқаруви тизимини жорий қилишni amalga oshirishni tashkil etish maqsadida ish yuritishni taʼminlash va maʼmuriy boshqaruv jarayonlari sifatini oshirish masalasi ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

Jadvalga asosan, 2022 yilda Institutning ichki meʼyoriy hujjatlarini lotin yozuviga asoslangan davlat tiliga o‘tkazish jarayonining ikkinchi bosqichini amalga oshirish bo‘yicha ish olib borish rejalashtirilgan.

Ushbu yo‘nalishda quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda:

  • Institut xodimlarini lotin yozuviga asoslangan o‘zbek tili alifbosi, imlo qoidalari va davlat tilida ish yuritish bo‘yicha o‘qitish ishlari davom etmoqda.

  • Institutning 3 xodimi A.Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish Markazida o‘z malakalarini (onlayn shaklida) oshirishmoqda.

2. 80-maqsad: Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, shahar va tumanlarda ekologik ahvolni yaxshilash, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishni tashkil etish maqsadida har yili daraxt ekish ustuvor vazifa etib belgilangan.

2022 yilning I yarmida Institut tomonidan 2021 yilda ekilgan 254 tup ko‘chatlarni parvarish qilish, o‘stirish va sug‘orish ishlarini davom ettirish rejalashtirilgan.

Ushbu yo‘nalishda quyidagi ishlar amalga oshirildi:

Institutda 2021 yilda ekilgan 254 tup ko‘chatlarni parvarish qilish, o‘stirish va sug‘orish ishlari amalga oshirilmoqda. “Yashil makon” milliy loyihasi doirasida 2022 yil bahori uchun ko‘chat ekish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

Joriy yilning 14 aprel holatiga ko‘ra (Institut va Institutga biriktirilgan tegishli “Yashil zona” hududida) daraxtlar ekildi:

“Kiparis” - 6 dona.;

“Qayrag‘och” – 8 dona;

“Olcha” – 12 dona.

“Olma” – 4 dona.

Ekilgan ko‘chatlarga tegishli parvarish ko‘rsatilmoqda.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech