Institut tomonidan “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot
Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot startegiyasi to‘g‘risida” PF-60-son Farmoni bilan quyidagi yettita ustuvor yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot Strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” da amalga oshirishga oid Davlat dasturi tasdiqlandi:- inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;
- mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;
- milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish surʼatlarini taʼminlash;
- adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;
- maʼnaviy taraqqiyotni taʼminlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish;
- milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish;
- mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga, ta’lim sohasini rivojlantirishga bag‘ishlangan (ikkinchi yo‘nalish), Murojaatnomasi ijrosini ta’minlash maqsadida, 2023-yilning birinchi yarmida o‘quv kurslari, treninglar va seminarlar tashkil etish va o‘tkazish “O‘zInjiniring” RLIning asosiy vazifasi etib belgilangan.
Ushbu vazifani bajarish maqsadida “O‘zInjiniring” RLI O‘zbekiston muhandis-konsultantlar uyushmasi bilan birgalikda:
- Joriy yilning 18-19 yanvar kunlari “O‘zbekistonda xalqaro standartlardan foydalangan holda qurilish loyihalarini boshqarish. Bazaviy daraja” mavzusidagi amaliy kurs;
- Joriy yilning 1-3 fevral kunlari FIDIC proforma shartnomalari bo‘yicha trening tashkil etdi va o‘tkazdi.
Shuningdek, 2023-yilning birinchi yarmiga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq:
- “Quyma-mexanika zavodi” ShK hududida vagonlar ishlab chiqarish faoliyatini rekonstruksiya qilish va texnologik o’zgartirishlar” loyihasini amalga oshirish doirasida Institut ATTA loyihasini ishlab chiqdi va Buyurtmachiga topshirdi;
- “I.Karimov nomidagi “Toshkent-2” Xalqaro aeroporti aerodrom xizmati bazasi bino va inshootlarini qurish” loyihasining Ishchi loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.
Shuningdek, joriy yilda Institut:
- elektroenergetika sohasida: 2 ta loyiha hujjatlarini, 1 ta loyihaoldi hujjatini, 1 ta atrof-muhitga ta’sir to‘g‘risidagi hujjatni, 2 ta muhandislik xizmatlari ko‘rsatildi;
- tog‘-kon sanoatida: 2 ta loyihaoldi hujjatlarini, 2 ta atrof-muhitga ta’sir to‘g‘risidagi hujjatlarni;
- kimyo sanoatida: 1 ta loyiha hujjatini moslashtirish;
- 1 ta metallurgiya va avtomobilsozlik sanoatida loyihaoldi hujjatini ishlab chiqish bo‘yicha ishlarni amalga oshirmoqda/ amalga oshirdi.