Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot startegiyasi to‘g‘risida” PF-60-son Farmoni bilan quyidagi yettita ustuvor yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot Strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” da amalga oshirishga oid Davlat dasturi tasdiqlandi:

  • inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;
  • mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;
  • milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish surʼatlarini taʼminlash;
  • adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;
  • maʼnaviy taraqqiyotni taʼminlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish;
  • milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish;
  • mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish.
№ UP-60

1. “Ixcham, professional, adolatli, yuqori natijadorlikka xizmat qiladigan davlat boshqaruvi tizimini joriy qilish” 5-maqsadini amalga oshirishni tashkil etish uchun ish yuritishni taʼminlash va maʼmuriy boshqaruv jarayonlari sifatini oshirish masalasi ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

2022-yilda mazkur yo‘nalishda quyidagi ishlar amalga oshirildi:

  • institutning 200 dan ortiq ichki me’yoriy hujjatlari lotin yozuviga asoslangan davlat tiliga tarjima qilindi;
  • A.Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malakasini oshirish markazida 3 nafar xodim o‘qidi, 2023-yilda Institutning 5 nafar xodimini o‘qitish rejalashtirilgan.

2. “Hududlarning muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma tizimini hamda xizmat ko‘rsatish va servis sohalarini rivojlantirish” 34-maqsadini amalga oshirishni tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni hamda ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, xorijiy loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan loyihaoldi hujjatlarni texnik boshqarish va O‘zbekiston Respublikasining me’yoriy hujjatlariga moslashtirish bo‘yicha me’yoriy hujjatlarga muvofiq xarid jarayonlarida ishtirok etish vazifasi ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

Jumladan, Institut “Quyuv-mexanika zavodi” ShK hududida vagonlarni ishlab chiqarish faoliyatini rekonstruksiya qilish va texnologik o‘zgartirishlar” loyihasi doirasida ATTA loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha tanlovda ishtirok etdi va “Quyuv-mexanika zavodi” ShK bilan tegishli ishlarni bajarish uchun shartnoma imzoladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech