Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishi – iqtisodiyotda tarkibiy o`zgartirishlar dasturlarining amalga oshirilishi natijasidir

Sanoat tarmoqlarini isloh qilish, tarkibiy o`zgartirish va diversifikatsiyalash dasturlarining amalga oshirilishi, moddiy-texnika bazasini mustahkamlanishi, respublika sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishiga zamin yaratdi.

1995 yilda sanoat ishlab chiqarishning hajmi 1990 yilga nisbatan 0,2 foizga kamayganiga qaramay, 2000 yildan boshlab (1990 yilga nisbatan) o`sish 1,2 m., 2005 yilda – 1,8 m., 2010 yilda – 3,0 m. va 2016 yilda esa 4,6 m. oshganini ko`rsatmoqda.

1-rasm

Sanoat ishlab chiqarishning o`sish sur`atlari dinamikasi

Shuni ta`kidlash lozimki, 2016 yilda respublikaning jami sanoat ishlab chiqarilishi hajmi asosan Toshkent shahri (21,0%), Toshkent (15,1%), Navoiy (9,5%), Qashqadaryo (8,6%), Farg`ona (7,2%), Andijon (7,1%) va Samarqand (6,7%) viloyatlari hisobidan shakllangan bo`lib, juda katta bo`lmagan ulushi esa Jizzax (1,8%), Surxondaryo (2,0%) va Xorazm (2,5 %) viloyatlariga to`g`ri kelmoqda.

2-rasm

2016 yilda O`zbekiston Respublikasida jami sanoat ishlab chiqarish hajmida hududlarning ulushi

(jamiga nisbatan foizda)

2016 yilda hududlar kesimida sanoat ishlab chiqarishning aholi jon boshiga hajmi Navoiy viloyatiga (11395 ming so`m), Toshkent shahriga (9761 ming so`m), Toshkent (5998 ming so`m), Sirdaryo (4421 ming so`m) va Qashqadaryo (3151 ming so`m) viloyatlariga to`g`ri keladi. Aholi jon boshiga sanoat ishlab chiqarishning eng past hajmi esa Surxandaryo (903 ming so`m) va Namangan (1323 ming so`m) viloyatlarida kuzatilmoqda.

3-rasm

2016 yilda hududlar kesimida aholi jon boshiga sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish

(ming so`m)

Sanoatning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, xom-ashyo va yarim tayyor mahsulotlarni qayta ishlashning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish, jahon bozorida yuqori raqobatbardosh bo`lgan ishlab chiqarishlarni manzilli qo`llab-quvvatlanishi, ishlab chiqarishlar tarkibida qayta ishlash sanoatining ulushini oshishiga ko`maklashdi.

Agar 2010 yilda, sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida qayta ishlash sanoatining ulushi 73,8% bo`lgan bo`lsa, 2016 yilga kelib esa 80,3%ga o`sdi.

4-rasm

Faoliyat turlari bo`yicha sanoat tuzilmasi

(foizda)

Sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida yuqori qo`shimcha qiymat bilan mahsulot ishlab chiqarish hajmi quyidagi sohalarda o`sdi: oziq-ovqat, tekstil, kimyo, farmatsevtika preparatlari va boshqa sohalarda.

Faqat 2016 yilning o`zida, o`tgan yilga nisbatan mahsulot ishlab chiqarish hajmining o`sishi, qayta ishlash sanoatida – 6,4%ni, shu jumladan, asosiy farmatsevtika mahsulotlari va preparatlar ishlab chiqarish bo`yicha – 40,3%ni, kimyo mahsulotlari, rezina va plastmassa buyumlar – 34,4%ni, boshqa nometall mineral mahsulotlar – 20,9%ni, oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar, tamaki mahsulotlari – 10,8%ni, to`qimachilik mahsulotlari, kiyim-kechaklar, charm mahsulotlari ishlab chiqarish bo`yicha – 9,0%ni tashkil etdi.

Shu bilan birga, so`nggi yillarda neft-gaz korxonalariga sezilarli miqdorda kapital qo`yilmalar sarflanishiga qaramay, 2016 yilda, gaz qazib chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarish hajmining o`sishi 2015 yilga nisbatan atigi 2,0%ni tashkil etgan, neft qazib chiqarish bilan shug`ullanuvchi korxonalarda esa ishlab chiqarish hajmlari 3,3%ga pasaygan.

Shuningdek, 2016 yilda, koks va neftni qayta ishlash mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarida (2015 yilga nisbatan 97,1%), kompyuter, elektron va optik mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalarida (78,4%), avtotransport vositalari, treylerlar va yarimpritseplar ishlab chikarish korxonalarida (50,6%), mashinalar va asbob-uskunalarni ta`mirlash va o`rnatish korxonalarida (96,4%) ishlab chiqarish hajmlari pasaygan, metallurgiya sanoatida esa uncha ko`p bo`lmagan o`sish (101,6%) kuzatilgan.

1-jadval

Iqtisodiyot faoliyat turlari bo`yicha sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish

(foizda)

 

2010 yil

2016 yil

O`sish sur`ati 2016 yil 2010 yilga nisbatan, foizda

 

Jami

100,0

100,0

156,1

 

shu jumladan:

    

tog`-kon sanoati

 

va ochiq konlarni ishlash

15,0

9,6

121,0

qayta ishlash sanoati

73,8

80,3

166,6

 

ulardan:

    

oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar va tamaki mahsulotlari 
ishlab chiqarish

18,0

23,9

191,6

to`qimachilik mahsulotlari, 
kiyim-kechaklar 
va charm mahsulotlari 
ishlab chiqarish

14,4

16,7

168,8

kimyo mahsulotlari, rezina va plastmassa mahsulotlari 
ishlab chiqarish

6,6

8,9

188,3

metallurgiya sanoati

8,1

7,2

121,4

asosiy farmatsevtika mahsulotlari va preparatlarini 
ishlab chiqarish

0,5

1,1

3,8 m.

mashina va asbob-uskunalarni ishlab chiqarish, ta`mirlash 
va o`rnatish, avtotransport vositalari, treylerlar va yarimpritseplar, boshqa tayyor metall buyumlarni ishlab chiqarish

15,1

9,8

133,8

boshqa nometall 
mineral mahsulotlarni ishlab chiqarish

4,3

5,7

2,1 m.

elektr, gaz, bug` bilan ta`minlash va havoni konditsiyalash

10,7

9,4

125,2

suv bilan ta`minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig`ish 
va utilizatsiya qilish

0,5

0,7

165,9

Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashlar, 2016 yilda sanoat sohasida mehnat unumdorligini o`tgan yilga nisbatan 4,3%ga o`sishini, 2010 yilga taqqoslaganda 1,4 martaga o`sishini ta`minladi.

5-rasm

Sanoatda mehnat unumdorligining o`sishi va yalpi ichki mahsulot energiya sig`imining kamayishi

 

Energiya sig`imini qisqartirish bo`yicha chora-tadbirlar dasturlarini amalga oshirilishi, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya tejovchi texnologiyalarning joriy etilishi, respublika yalpi ichki mahsulotida energiya sig`imini pasaytirish imkonini berdi. Faqat 2016 yilda yalpi ichki mahsulot energiya sig`imi o`tgan yilga nisbatan 7,4%ga pasaydi va 0,1765 yaIM tne/ming dollarni tashkil qildi.

2016 yilda asosiy vositalar yangilanishining tahlili shuni ko`rsatmoqdaki, sanoat ishlab chiqarish asosiy vositalarining yangilanish koeffitsienti jami sanoat sohasida 19,1 foizni, ulardan qayta ishlash sanoatida 29,4 foizni hamda tog`-kon sanoati va ochiq konlarni ishlashda esa 11,5 foizni tashkil etgan.

Shu bilan birga, sanoat korxonalarining rentabellik darajasi 15,1 foizni tashkil etdi.

6-rasm

2016 yilda iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha sanoat ishlab chiqarish asosiy

vositalarining yangilanish koeffitsienti va sanoat korxonalarining rentabellik darajasi

Mahalliy xom-ashyo resurslari chuqurlashgan darajada qayta ishlanadigan korxonalarda mahsulot ishlab chiqarishning o`sishi, tayyor mahsulot turlarining kengayishi, sanoatning umumiy hajmida iste`mol tovarlarining ulushini ko`payishiga imkon yaratdi. Agar, 2010 yilda sanoat ishlab chiqarishida iste`mol tovarlarining ulushi 35,9%ni tashkil qilgan bo`lsa, 2016 yilda bu ko`rsatkich 43,1%ga yetdi.

1991 yil bilan solishtirganda 2016 yilda iste`mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi 10,9 martaga, 2015 yil bilan taqqoslaganda – 6,0%ga o`sgan.

Hududlar kesimida, iste`mol tovarlari ishlab chiqarishning o`sishi Namangan (2015 yilga nisbatan o`sish sur`ati – 122,2%), Jizzax (120,5%) viloyatlarida, Toshkent shahrida (119,4%), Surxondaryo (119,4%), Toshkent (114,5%), Qashqadaryo (112,7%) viloyatlarida kuzatilmoqda.

7-rasm

2016 yilda O`zbekiston Respublikasida jami iste`mol tovarlari ishlab chiqarish hajmida hududlarning ulushi

(jamiga nisbatan foizda)

2016 yilda eng ko`p iste`mol tovarlari Toshkent shahri (respublika umumiy hajmidan 24,2%), Toshkent (13,0%), Andijon (11,0%), Samarqand (10,5%), Farg`ona (6,9%), Buxoro (5,5%) viloyatlaridagi korxonalarda ishlab chiqarilgan.

2016 yilda hududlar kesimida iste`mol tovarlari ishlab chiqarishning aholi jon boshiga hajmi Toshkent shahriga (4857,7ming so`m), Navoiy viloyatiga (2287,2 ming so`m), Toshkent (2222,9 ming so`m), Andijon (1809,5 ming so`m) va Sirdaryo (1762,1 ming so`m) viloyatlariga to`g`ri keladi. Aholi jon boshiga iste`mol tovarlari ishlab chiqarishning eng past hajmi esa Surxandaryo viloyatida (404,3 ming so`m) va Qoraqalpog`iston Respublikasida (603,4 ming so`m) kuzatilmoqda.

8-rasm

2016 yilda hududlar kesimida aholi jon boshiga iste`mol tovarlari ishlab chiqarish

(ming so`m)

9-rasm

Iste`mol tovarlari ishlab chiqarishining o`sish sur`atlari dinamikasi, o`tgan yilga nisbatan

(foizda)

2010 yilga nisbatan iste`mol tovarlari tuzilmasida oziq-ovqat mollari ishlab chiqarish ulushining o`sishi 41,9%dan 2016 yilda 48,5%gacha yetgani kuzatilmoqda.

10-rasm

Iste`mol tovarlari ishlab chiqarishining tuzilmasi

(foizda)

 

11-rasm

Iste`mol tovarlari ishlab chiqarishining o`zgarishi dinamikasi, o`tgan yilga nisbatan

(foizda)

  1. Sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishiga kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ta`siri.

Xususiy tadbirkorlikning rivojlanishini har taraflama qo`llab-quvvatlash va rag`batlantirish, sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirishda kichik biznes sub`ektlari hissasining o`sishida namoyon bo`ldi. Agar 2005 yilda sanoat umumiy hajmida kichik tadbirkorlik mahsulotlarining ulushi 10%ni tashkil etgan bo`lsa, 2016 yilga kelib 45,3%ga yetdi, sanoat mahsulotlarining o`sish sur`ati 2015 yilga nisbatan 116,4%ni tashkil qildi.

Bunda, Toshkent shahri bo`yicha umumiy ishlab chiqarish hajmida kichik biznesning ulushi 71,0%ni (o`sish sur`ati 117,0%), Namangan viloyatida 69,4%ni (124,2%), Samarqand viloyatida 60,1%ni (118,8%), Jizzax viloyatida 59,1%ni (140,0%), Andijon viloyatida 50,4%ni (117,5%) tashkil etdi.

Kichik tadbirkorlik ishlab chiqarishi tuzilmasida eng yuqori ulush qayta ishlash korxonalari mahsulotlariga to`g`ri keladi – umumiy ishlab chiqarish hajmidan 98,0% (2015 yilga nisbatan o`sish sur`ati – 116,3%). Ulardan, oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish – 36,4% (o`sish sur`ati 114,2%), to`qimachilik mahsulotlari va kiyim-kechaklar ishlab chiqarish – 23,7% (112,2%), mashina va uskunalarni ishlab chiqarish va ta`mirlash – 9,4% (105,1%), farmatsevtika mahsulotlari va preparatlarni ishlab chiqarish – 8,1% (130,9%).

12-rasm

Kichik tadbirkorlikning sanoatdagi ulushi, umumiy ishlab chiqarish hajmiga nisbatan

(foizda)

Respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi sanoatda nodavlat sektori hissasining o`sishiga imkon yaratdi. Agar, 1990 yilda sanoatda nodavlat sektori korxonalari hissasi umumiy ishlab chiqarish hajmida 9,9%ni tashkil qilgan bo`lsa, 2000 yilda – 63,9%ni tashkil qildi, 2016 yilga kelib esa 93,8%ga yetdi.

13-rasm

Mulkchilik shakli bo`yicha sanoat shilab chiqarishning tuzilmasi

(foizda)

2016 yilda hududiy korxonalar (ustav jamg`armasida davlat ulushi ustunlik qiladigan korxonalarsiz) tomonidan 64136,8 mlrd so`mlik mahsulot ishlab chiqarilib (umumiy ishlab chiqarish hajmidan 57,3%), 2015 yil ko`rsatkichlaridan 13,5%ga oshdi.

Mazkur korxonalar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish tuzilmasida eng ko`p ulush Toshkent shahri (mahalliy korxonalar umumiy ishlab chiqarish hajmidan 31,1%), Toshkent (13,3%), Samarqand (9%), Farg`ona (7,6%), Andijon (7,3%) viloyatlari korxonalariga to`g`ri keladi.

Eng yuqori o`sish sur`atlari Jizzax (136,3%), Sirdaryo (125,7%), Namangan (119,5%) viloyatlari va Toshkent shahri (116,4%) korxonalarida kuzatildi.

 

  1. Tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish – sanoat ishlab chiqarishi hajmlari o`sishining omillaridan biridir

Tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hajmlarining o`sishi bo`yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi, korxonalarning ishlab chiqarish faoliyati uchun zarur bo`lgan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni o`sishining va import tovarlari qisqarishining omillaridan biri hisoblanadi.

14-rasm

Tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturining asosiy ko`rsatkichlari

Mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqarilgan mahalliylashgan mahsulotlar ulushi, 2003 yilgi sanoat umumiy hajmidagi 2,8%dan 2016 yilda 5,5%ga oshdi, Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan korxonalar soni 2003 yildagi 74 tadan 2016 yilda 318 tagacha o`sdi.

15-rasm

Sanoat mahsulotlari umumiy hajmida mahalliylashgan mahsulotlar ulushining o`zgarishi

(foizda)

2016 yilda Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan korxonalarda 695 ta loyiha amalga oshirildi, shu jumladan 380 ta tarmoq loyihalari bo`yicha 4014,6 mlrd so`mlik, 315 ta hududiy loyihalar bo`yicha 2131,2 mlrd so`mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi. Bunda, loyihalar bo`yicha mahsulotlarni sotishning umumiy hajmi 2015 yil ko`rsatkichlariga nisbatan 1,5 martaga ortdi.

Shu bilan birga, 2016 yilda Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan 47 ta loyiha bo`yicha ishlab chiqarish boshlanmagan, ulardan 24 tasi – tarmoq va 23 tasi hududiy loyihalar bo`yicha, ishlab chiqarish asbob-uskunalarini ishlab chiqarish bo`yicha loyihalar yetarli emas.

  1. Sanoat ishlab chiqarishi rivojlanishini rag`batlantiruvchi omillar

Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash va modernizatsiyalash dasturlarini amalga oshirilishi, respublika sanoatining rivojlanishiga imkoniyatlar yaratdi. Shu bilan birga, sanoatning yanada barqaror rivojlanishi uchun quyidagilar zarur:

- ilg`or mahalliy texnologiyalarni ishlab chiqish, zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish hisobiga mahsulotlarnnig raqobatbardoshligini oshirish;

- Tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini shakllantirish va amalga oshirishda mahalliylashtirish darajasini to`xtatib turuvchi kamchiliklarni bartaraf etish hamda yangi ish o`rinlarini yaratishga to`sqinlik qiluvchi zarur tovarlar, shu jumladan asbob-uskunalar importini qisqartirish;

- kichik biznes sub`ektlarining ishlab chiqarish faoliyatini har taraflama qo`llab-quvvatlash va rag`batlantirish.



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech