Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
13 Jul 2023

2023-yilning 10–13-iyul kunlari “O‘zInjiniring” RLIda “Energiyani tejash va ishlab chiqarishning energiya samaradorligini oshirish. Ekologik qurilish” kursi o‘tkazildi. Bu yashil qurilish, yashil qurilishning xalqaro standartlari, energiya samaradorligi va qayta tiklanadigan energiya manbalari boʻyicha umumiy tanishtiruv kursidir. Ushbu kurs O‘zbekiston Muhandis-konsultantlar uyushmasi va Ekologik qurilish kengashi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Ushbu kurs orqali ishtirokchilar energiya samaradorligining asosiy konsepsiyalari va qayta tiklanadigan energiya manbalari, hozirda O‘zbekistonda qo‘llanilayotgan yashil qurilish xalqaro standartlari: LEED, BREEAM va EDGE standartlari bilan tanishdilar. Kurs ma’ruzachisi – Temur Axmedov, LEED AP, C.E.M. – “O‘zbekiston Ekologik qurilish kengashi” NNT asoschisi va yashil qurilish, energiya samaradorligi, qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasida 20 yildan ortiq tajribaga ega xalqaro ekspert.


Ko'rishlar: 242
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech