Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
28 Dec 2023

Ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish faoliyatidagi faol ishtiroki, shuningdek, ixtirochilik faoliyati, ilmiy nashrlar, shuningdek, kitoblar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlashda erishilgan muvaffaqiyatlar hisobga olinib, Turon Fanlar akademiyasi Prezidiumining 2023-yil 26-noyabrdagi 1/11-23-son qarori bilan «O‘zinjiniring» Respublika loyiha instituti gaz va neftni qayta ishlash byurosi bosh muhandis o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ixtirochi va ixtirochi Ikromov G‘ani Ikramovichga O‘zbekiston Respublikasi «Turon» akademiyasi «Akademik» unvoni berildi.

Akademik diplomi hamda «Akademik» ko‘krak nishonini topshirish marosimi 2023-yil 27-dekabr kuni «O‘zinjiniring» Respublika loyiha instituti binosida bo‘lib o‘tdi. Taqdimot marosimida institut rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

Ikromov G‘ani Ikramovichga Akademiya a’zosi diplomi hamda ko‘krak nishonini «Turon» Akademiyasi Vitse-prezidenti, texnika fanlari doktori, akademik, professor Iskandarov Zafar Samandarovich topshirdi. Shuningdek, taqdimotda «Turon» Fanlar Fkademiyasining haqiqiy a’zosi, texnika fanlari doktori, professor Qalandarov Palvan Iskandarovich ham ishtirok etdi.

G‘ani Ikramovich 1947 yil 29 iyunda tug‘ilgan, 1971 yilda Toshkent politexnika institutini elektronika muhandisi kasbi bo‘yicha tamomlagan. 50 yildan ortiq vaqt davomida respublikaning ta’lim, ilmiy, ishlab chiqarish va loyihalash muassasalarida muhandislik va rahbarlik lavozimlarida ishlagan, uning 17 yilini «O‘zinjiniring» Respublika loyiha instituti faoliyatiga bag‘ishlagan.
Fan, texnika va ishlab chiqarish sohasida 100 ga yaqin ixtiro va patentga ega, 170 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. U mehnat faxriysi, fan va texnika sohasidagi Respublika yoshlar mukofoti laureati.

Ko'rishlar: 236
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech