Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
20 Sep 2022

Biz barchamiz korrupsiyaga qarshimiz.

Joriy yil 26 avgust kuni “O‘zInjiniring” Respublika loyiha institutida “Korrupsiya ijtimoiy-siyosiy hodisa sifatida. Barchamiz korruptsiyaga qarshimiz” mavzusida seminar boʻlip oʻtdi.

Seminarda “Turon” Milliy akademiyasining Faxriy akademigi, Demokratiya va inson huquqlari instituti direktori, yuridik fanlar nomzodi Xodjaeva Sayyora Ataxanovna maʻruza oʻqidi. Seminarda Institutning barcha xodimlari ishtirok etdilar.

Mazkur seminar Institut xodimlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari samaradorligini oshirish maqsadida o‘tkazildi.

Seminar davomida ma’ruzachi respublikada huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonida inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, fuqarolarning huquqiy va ijtimoiy faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Aholining huquqiy madaniyatini oshirish, qonunlar va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan tadbirlar muntazam tashkil etilmoqda.

Korrupsiya mamlakatning kelajakdagi rivojlanishiga jiddiy tahdiddir. Korrupsiyaga qarshi kurash Oʻzbekiston davlat siyosatining asosiy ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida belgilangan.

Bugungi kunda zamonaviy jamiyatda korrupsiya turli shakllarda namoyon boʻlmoqda: poraxoʻrlik, rastrata, firibgarlik, tovlamachilik, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish, noqonuniy xayr-ehson. Ammo u qanday shakllarda namoyon boʻlmasin, uning mohiyati va oqibatlari alohida bir jamiyat uchun ham, butun jahon iqtisodiyoti uchun ham ogʻir va zararli boʻlib qoladi.

Korrupsiya - zamonaviy dunyoning global muammolaridan biridir. U islohotlar g‘oyasini obro‘sizlantiradi, fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishdagi ishtirokiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 2017-yil 4-yanvarda kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning mustahkam huquqiy asosini yaratdi.

Tadbir so‘ngida ma’ruzachi va seminar ishtirokchilari o‘rtasida fikr almashildi, bunda korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy tamoyillari, korrupsiya dinamikasi va ko‘lamini belgilovchi omillar, shuningdek, bunday jinoyatlarni keltirib chiqaruvchi shart-sharoitlar toʻgʻrisidagi maʻlumotlar koʻrib chiqildi, Institutning barcha xodimlari tomonidan korrupsiyani mutlaqo rad etilishi bildirildi.

Ko'rishlar: 934
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech