Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
28 Sep 2023

2023.28.09 kuni «O‘zInjiniring» RLIda qurilish sohasida muhandislarni sertifikatlashni targ‘ib qilish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbati davomida «Qozogʻiston va Oʻzbekistondagi injiniring kompaniyalariga xizmat koʻrsatuvchi tarmoq uyushmalarining salohiyatini oshirish» ENGINE loyihasi rahbari Eviya Pudane loyihaning respublikadagi natijalari bo‘yicha taqdimot qildi. Shuningdek, loyiha hamkorlari tomonidan ham taqdimotlar qilindi. Davra suhbati ishtirokchilari muhandislar malakasini oshirish va ularning bilimlarini sertifikatlash orqali baholash bo‘yicha kelgusidagi tadbirlarni muhokama qildilar.

Malumot uchun:

Evropa Ittifoqi tomonidan «Central Asia Invest V» dasturi doirasida moliyalashtiriladigan «Qozogʻiston va Oʻzbekistondagi injiniring kompaniyalariga xizmat koʻrsatuvchi tarmoq uyushmalarining salohiyatini oshirish» ENGINE loyihasi professional standartlarni ishlab chiqish, sertifikatlashtirish va muvofiqlikni baholash tizimini yaratish, mutaxassislarning malaka darajasini doimiy monitoring qilish va qoʻllab-quvvatlash jarayonini yaratishni oʻz ichiga olgan sertifikatlashtirish jarayonini ishlab chiqish va joriy qilishga qaratilgan.



Ko'rishlar: 117
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech