Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
18 May 2023

2023-yilning 17-18-may kunlari «O‘zInjiniring» RLI mutaxassislari, O‘zbekiston Muhandis-konsultantlar uyushmasi a’zolari, muhandislik tashkilotlaridan taklif etilgan mutaxassislar uchun seminarlar o‘tkazildi. Seminarlarni AQShdan kelgan mutaxassis Azim Xushyar olib bordi.

Seminarlarda obyektlar komponovkasi va logistikasi sohasidagi soʻnggi ishlanmalar toʻgʻrisida axborot berilib, quyidagi mavzular muhokama qilindi:

  • Obyektlarni strategik rejalashtirish.
  • Mahsulot, jarayon va grafiklarni ishlab chiqish.
  • Sanoat faoliyati va binolarga qoʻyiladigan talablar orasidagi oʻzaro bogʻliqlik.
  • Obyektni rejalashtirishning an’anaviy usuli.
  • Makondan samarali foydalanish.
  • Yuklarga samarali ishlov berishni ta’minlash.
  • Saqlash xarajatlarini minimallashtirish va shu bilan birga xizmat koʻrsatishning talab darajasini ta’minlash.
  • Maksimal moslashuvchanlikni ta’minlash.

Mutaxassis G‘arbiy Michigan universitetida muhandislik fanlarini o‘qitishdagi, shuningdek, Argonne milliy laboratoriyasi, FORD kompaniyasi, Whirpool kompaniyasi va boshqa shu kabi yirik sanoat korporatsiyalariga maslahatlar berishdagi orttirgan tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.



Ko'rishlar: 156
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech