Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
16 May 2023

2023-yilning 02-16-may kunlari TAQU, Turin politexnika universiteti, TDTU, Kimyo xalqaro universitetida sanoat va tizim muhandisligi bo‘yicha bir qator treninglar oʻtkazildi. Treninglarni AQShlik ekspert Azim Xushyar olib bordi. Jami 11ta trening boʻlib oʻtdi.

Ma’ruza va seminarlar jarayonida ekspert tinglovchilarga quyidagi mavzularni ochib berdi:

  • Obyektlarni rejalashtirish / loyihalash;
  • Komponovkani optimallashtirish uchun uskunalar joylashuvini an’anaviy rejalashtirishdan foydalanish;
  • Komponovkani optimallashtirish uchun dasturiy ta’minotdan foydalanish;
  • Omborlar/taqsimlash markazlarini loyihalash;
  • Muqobil loyihalarni baholash uchun modellashtiruvchi dasturiy vositalardan foydalanish;
  • Yangi obyektni joylashtirish uchun eng maqbul joyni aniqlash;
  • Uskunaning ishonchliligi va ta’mirga yaroqliligi;
  • Hayotiy sikl xarajatlarining yangi obyekt/uskunaning sotib olinishiga ta’siri.



Ko'rishlar: 158
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech