Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
22 Sep 2023

2023.21.09–2023.22.09 kunlari «OʻzInjiniring» RLIda Oʻzbekiston muhandislar-konsultantlar uyushmasi ishtirokida suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasi mutaxassislarini pilot sertifikatlash doirasida «Suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasida loyihalash» oʻquv kursi boʻlib oʻtdi.

Ma’ruzachilar va kurs ishtirokchilari turli masalalarni ko’rib chiqdilar, masalan:

  • Suv ta’minoti tizimlari va ularning ishlash tartibi;
  • Suv sifatini yaxshilash;
  • Aholi punktlarining kanalizatsiya tizimlari va hisob-kitob sxemalari;
  • Kanalizatsiya kollektorlarining gidravlik hisobi;
  • Maishiy va sanoat oqova suvlarini tozalash inshootlari va boshqalar.

Kurs ma’ruzachilari sifatida texnika fanlari nomzodlari, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti dotsentlari Aliyev Mahmudjon Quvvatovich va Imomnazarov Shonazar Nasimovichlar ishtirok etdilar.


Ko'rishlar: 115
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech