Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
19 Apr 2022

2022-yil 20-aprel kuni “OʻzInjiniring” RLIda Institut muhandis-loyihalovchilari uchun ««Texnologiya» boʻlimini ishlab chiqish: P&ID-sxemalardan ISO-chizmalarni olishga qadar» mavzusida «CAD СИСТЕМЫ» kompaniyasi (Rossiya) tomonidan tashkil etilgan trening-vebinar boʻlib oʻtdi.

Institut mutaxassislariga oltin ajratib olish zavodining BIM-loyihasi misolida quvur tizimlari ma’lumotlarini toʻgʻridan-toʻgʻri uzatish jarayoni P&ID-sxemasini yaratish bosqichidan izometrik chizmalar yaratish bosqichiga qadar namoyish etildi.


Trening loyihalashda Autodesk Revit, AutoCAD PLANT 3D va AEC Collection dasturlarini ishlatuvchi loyihaoldi va loyiha hujjatlarining texnologik bo‘limlarining muhandis-loyihalovchilari uchun foydali bo‘ldi.

Shuningdek, 2022-yil 21-aprel kuni “P&ID asosida P&ID, 3D-modellarni ishlab chiqish va hujjatlarni chiqarish” mavzusida «ALCOR» kompaniyasi (Qozogʻiston) tomonidan tashkil etilgan trening-vebinar boʻlib oʻtdi.

Trening “Bentley Systems” ilovalarining «Open» qatoriga kiruvchi hamda “MicroStation” platformasi negizidagi CAD-loyihalash vositalarini va sanoat obyektlarini BIM-modellashirish vositalarini oʻz ichiga oluvchi BIM-modellashtirish uchun moʻljallangan “OpenPlant” ilovalar majmuasini oʻrganishga bagʻishlangan edi.

Ko'rishlar: 606
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech