Institut haqida
«O‘zInjiniring» Respublika loyiha instituti» MChJning tarixi 2006-yildan boshlanadi. Shu yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006.13.06 sanasida chiqqan PQ-377-sonli qarori bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni ilmiy-texnikaviy va loyihaviy qo‘llab-quvvatlashni muvofiqlashtirishni kuchaytirish, respublika iqtisodiyotini barqaror va mutanosib rivojlantirish uchun muhim bo‘lgan bazaviy sanoat tarmoqlari korxonalarini qurish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiya qilish bo‘yicha yirik investitsiya loyihalarini yuksak saviyada tayyorlash va ularning amalga oshirilishini sifatli qo‘llab-quvvatlash maqsadida Iqtisodiyot vazirligi huzurida O‘zbekiston elektr energetikasi, neft va gazni qayta ishlash, kimyo va og‘ir sanoati uchun loyihalash ishlarini amalga oshiruvchi institut – «O‘zog‘irneftgazkimyoloyiha» instituti tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martda chiqqan PQ-2831-son qaroriga muvofiq «Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha» instituti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «OʻzInjiniring» Respublika loyiha instituti davlat muassasasiga aylantirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-aprelda chiqqan F-4917-sonli farmoyishi bilan Institut toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi va ushbu nizomda Institut oldiga qoʻyilgan talab va vazifalar aks ettirildi. Institut mehnat jamoasi soha uchun zarur boʻlgan bilim va amaliy ish tajribasiga, shu jumladan, texnik-iqtisodiy asoslov (TIА) va texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar (TIHK) loyihalarini tayyorlash va ishlab chiqish tajribasiga ega yuqori malakali mutaxassislardan tarkib topgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-fevralda chiqqan PQ-3557-sonli “Iqtisodiyot bazaviy tarmoqlaridagi loyiha ishlarini hamda muhandis-loyihalovchilarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan «OʻzInjiniring» RLI ixtisoslashgan oliy taʼlim muassasalari va loyiha tashkilotlari oʻrtasida yuqori malakali loyihalovchi muhandislarni tayyorlash masalalari boʻyicha oʻzaro hamkorlikni amalga oshiruvchi organ deb belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-aprelda chiqqan PQ-162-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Toshkent shahri hududiy boshqarmasining 2024-yil 30-mayda chiqqan 95-sonli buyrug‘i asosida Institut “O‘zInjiniring” Respublika loyiha instituti” MChJ (keyingi o‘rinlarda — “O‘zInjiniring” RLI) shaklida qayta tashkil etildi.
“O‘zInjiniring” RLI investitsiya va infratuzilma loyihalarini, loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish sohasidagi o‘z faoliyatini iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida faoliyat koʻrsatayotgan buyurtmachi korxonalar bilan ham, mahalliy va xorijiy xususiy kompaniyalar bilan ham tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiradi.
“O‘zInjiniring” RLI iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari boʻlmish geologiya, yoqilg‘i-energetika majmuasi, kimyo, neft-kimyo, metallurgiya va boshqa tarmoqlarga oid investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslovlari va texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini (TIA/TIHK) hamda loyiha hujjatlarini (ishchi loyihalar va ishchi hujjatlarni) ishlab chiqish va moslashtirish ishlarini bajaradi, shuningdek, loyihalarni texnik jihatdan kuzatib borish ishlarini ham amalga oshiradi.
“O‘zInjiniring” RLI faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
-
Loyihaoldi va loyiha hujjatlarini, jumladan, loyihalarning TIA/TIHKlarini ishlab chiqish, xorijiy loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan loyihaoldi hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasining texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlariga va standartlariga moslashtirish.
-
Loyihalarni texnik jihatdan kuzatib borish, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari loyihalarining tender savdolarini tashabbuskorlar bilan birgalikda (loyihalash qismida) tashkillashtirish va texnik kuzatib borish.
-
Loyihalash jarayonlariga loyiha ishlarini tashkil qilishning ilg‘or xorijiy tajribaga asoslangan progressiv usullarni joriy etish, bu ishga xorijiy loyiha va injiniring tashkilotlarini jalb qilish.
-
Investitsiya loyihalari uchun loyihaviy (ishchi) hujjatlarni mustaqil ishlab chiqish, shuningdek, xorijiy tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan loyihaviy (ishchi) hujjatlarni mahalliy talablarga moslashtirish yoʻnalishlarini rivojlantirish.
-
Investitsiya loyihalarining loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish ishlariga mahalliy va xorijiy ixtisoslashgan loyiha institutlari hamda yetakchi mutaxassislarni subpudratchi sifatida jalb qilish.
-
Ishlab chiqarish samaradorligi va mahsulot sifatiga, energiya va resurslarni tejashga qoʻyiladigan zamonaviy talablarga, ekologik standartlarga javob beruvchi ilgʻor texnologiyalar va uskunalar bozorini chuqur tahlil qilish, istiqbolsiz, ma’naviy eskirgan uskunalar va texnologiyalarni respublikaga olib kirishni istisno etish.
-
Loyihalash jarayonida ilgʻor, yuqori texnologiyali, energiya tejamkor uskunalar va texnologiyalarni tanlab olish.
-
Loyiha, loyihaoldi va ishchi hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash masalalarida tarmoq ilmiy-texnik va ekspert kengashlari bilan yaqindan hamkorlik qilish.
-
Chet ellarda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy uskuna va texnologiyalar, ularning texnik va ishlab chiqarish-iqtisodiy ko‘rsatkichlari, samaradorlik darajasi va amalda qo‘llanish tajribasi, shuningdek, sohaviy yo‘nalish bo‘yicha yuqori texnologiyali uskunalarning yetakchi chet ellik ishlab chiqaruvchilari, yetkazib beruvchilari, texnologiya ishlab chiquvchilari va litsenziya egalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan axborot-tahliliy ma’lumotlar bazasini shakllantirish va doimiy ravishda yangilab borish.
-
Sanoat korxonalarini qurish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiya qilish bo‘yicha chet ellik investorlar va kompaniyalardan kelib tushayotgan takliflarni toʻplash va umumlashtirish, tashqi va ichki bozorlarda talab yuqori bo‘lgan raqobatbardosh tayyor mahsulotlarni va sanoat sohasida ishlatiladigan yarim tayyor mahsulotlarni mahalliy xom ashyoni qayta ishlash yoʻli bilan ishlab chiqarishga qaratilgan yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etish.
-
Vazirlik va idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari buyurtmasi asosida investitsiya loyihalarining mustaqil texnik-iqtisodiy ekspertizasini o‘tkazish.