Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Institutning ekologik loyihalash va me’yorlash yo‘nalishidagi ishlab chiquvchilar guruhining asosiy kompetensiyalariga atrof-muhitga bo‘ladigan ta’sirni baholashning barcha bosqichlaridagi masalalarni hal qilish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish hamda ekologiya me’yorlarini aniqlash va muvofiqlashni kuzatib borish kiradi:

  • atrof-muhitga ta’sir to‘g‘risidagi ariza loyihalarini (ATTAL) ishlab chiqish;
  • atrof-muhitga ta’sir to‘g‘risidagi arizani (ATTA) ishlab chiqish;
  • ekologik oqibatlar to‘g‘risidagi arizani (EOTA) ishlab chiqish;
  • atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar chiqarib yuborilishining ruxsat etilgan maksimal miqdorining (CHYREMM) ekologik normativlarini aniqlash (Manbalar xatlovi va CHYREMM ekologik normativlari loyihasi);
  • yer usti suv havzalariga yoki joy relyeflariga oqova suvlar tarkibida ifloslantiruvchi moddalar chiqarib tashlanishning ruxsat etilgan maksimal miqdorining (CHTREMM) ekologik normativlarini aniqlash (Manbalar xatlovi va CHTREMM ekologik normativlari loyihasi);
  • ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilarining ruxsat etilgan maksimal miqdorining (CHREMM) hosil bo‘lishi va ularni joylashtirishning ekologik normativlarini aniqlash (Manbalar xatlovi va CHREMM ekologik normativlari loyihasi).

Atrofdagi tabiat muhitining saqlab qolinishi va barqarorligini ta’minlash uchun ishlab chiqiladigan loyihalar doirasida mo‘ljallanayotgan loyihalar yoki mavjud korxonalarning ekologik ta’sirini yumshatish bo‘yicha chora-tadbirlar taklif qilinadi.

Ekologik loyihalash va me’yorlash sohasida faoliyat olib boruvchi ishlab chiquvchilar guruhi atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatish xavfining I, II, III, IV (ta’sir xavfi yuqori, o‘rtacha va past) toifalariga mansub obyektlar bo‘yicha ishlarni bajaradi.

Bajarilgan loyihalar bilan tanishib chiqish uchun ushbu havola bo‘yicha o‘ting.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech