Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Mualliflik nazorati loyihada qabul qilingan yechimlarga obyektni qurish jarayonida amalga oshirilayotgan yechimlarning muvofiqligini nazorat qilishdan iborat. Nazorat obyekt ishga tushirilgunga qadar, butun qurilish davomida amalga oshiriladi.

Nazorat quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • qurilish jarayonida yuzaga keladigan barcha masalalarni tezkor hal etish;
  • qurilish vaqtida, agar zarurat tugʻilib qolsa, loyiha echimlariga oʻzgartishlar kiritish;
  • qurilish jarayonida bajarilgan rejadan tashqari ishlarni tekshirib chiqish;
  • alohida ahamiyatga ega va mas’uliyatli konstruksiyalarni oraliq qabul qilishda ishtirok etish;
  • tugallangan obyektni foydalanishga qabul qilishda ishtirok etish.

Shuningdek, "OʻzInjiniring" RLIga buyurtmachining quyidagi funksiyalarini bajarishga qodir boʻlgan ixtisoslashgan tashkilot sifatida harakat qilish xizmatini buyurtma qilishingiz mumkin: qurilish ishlari ustidan texnik nazorat qilish, bajarilgan ishlarni qabul qilib olish, pudratchi tomonidan ijro hujjatlari yuritilishini nazorat qilish, shuningdek, loyihachilar tomonidan mualliflik nazoratinig olib borilishini nazorat qilish.

Mutaxassislarimiz qurilish muddatlariga rioya etilishini nazorat qiladilar va obyektni foydalanishga topshirish-qabul qilib olishni ta’minlab beradilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech