Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Loyihalarni boshqarish boʻyicha maslahatchilar guruhi (PMC) qurilishning barcha bosqichlarida pudratchilarni boshqarish boʻyicha koʻp vektorli yordam koʻrsatadi.

Qurilish va montaj qilish vaqtida biz barcha pudratchilarning qabul qilingan me’yorlar va standartlarga muvofiq, shartnomada belgilab berilgan xarajatlar va vaqt chagaralari doirasida ishlashlarini kuzatib turamiz.

Biz yangi ishlab chiqarish korxonasini muvaffaqiyatli ishga tushirish uchun zarur boʻlgan tajribaga egamiz. Hujjatlarni tayyorlash tartibotlarini ishlab chiqishdan tortib, obyekt qabul qilib olingunga qadar pudratchilar va buyurtmachilarga obyektni xavfsiz va samarali oldi-berdi qilib olishlariga yordam beramiz. Biz buyurtmachilar bilan yaqin hamkorlikda ish olib borib, birgalikdagi harakatlarimizing maksimal samaradorligini hamda buyurtmachi-tashkilot bilan jamoamizning toʻliq integratsiyalashuvini ta’minlaymiz.

Qurilish texnologiyalarining zamonaviy texnologik yechimlarga, atrof-muhitni muhofaza qilish, mehnat va sogʻliqni muhofaza qilish talablariga, shuningdek, energiya samaradorligiga muvofiqligi kabi keng koʻlamli masalalar boʻyicha maslahatlar beramiz.

EPC-pudratchilar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ustidan nazorat va monitoring olib boramiz: loyihani boshqarish, toʻlovlarni amalga oshirish, xarajatlarni prognozlash, ish rejalari va jadvallarini, oʻzgartirish rejalarini tayyorlash, loyiha boʻyicha hisobot berish, hujjat aylanishini nazorat qilish va boshqarish, obyektlarni ishga tushirish va boshqalar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech